Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Omadim kelmadi

Bugun maktabda omadim kelmadi. “Ikki” baho oldim. Buni ota-onamga bildirmaslik uchun uyda uyoqdan-buyoqqa goh hushtak chalib, goh ashula aytib yuraverdim. O‘qituvchimiz ota-onamni yana majlisga chaqirishini, ular oldida bo‘zarib turishni xohlamayman, axir. Ular nega xafasan, o‘qishlaring yaxshimi, qani kundaligingni olib kel-chi, deb so‘rab qolishmasin, dedim-da.

Otam:

– O‘g‘ling namuncha xursand, ashula aytyapti.

Onam:

– Kayfiyati yaxshi, shuning uchun qo‘shiq aytyapti, – dedi.

Otam:

– Menimcha u a’lo baho olgan, shunga kayfiyati a’lo.

Men bu gaplarni eshitib, yanayam balandroq ovozda qo‘shiq kuylay boshladim.

Shunda otam dedi:

– Ha mayli, Vovka, otangni bir xursand qilgin. Kundaligingni ko‘rsat.

Men qo‘shiq aytishdan birdan to‘xtab:

– Nega? – deb so‘radim.

– Ko‘ryapmanki, juda xursandsan. Baholaringni ko‘rsatging kelyapti.

U kundaligimni oldi. Undagi “ikki”ni ko‘rib:

– Mana buni qara. “Ikki” baho olib yana ashula aytishini. Seni issig‘ing chiqmayaptimi, mabodo?

– Yo‘q chiqmayapti.

– Unda seni bu nayranging uchun jazolash kerak.

Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. Nega bu kattalardan hech nimani berkitib bo‘lmas ekan-a, darrov payqab qolishadi! Baribir tuzoqqa tushdim.

Ha-a, bugun rostdan ham omadsiz kun bo‘ldi.

 

Rus tilidan Barno LUTFULLAYEVA tarjimasi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.