Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

O‘zbek xalq dostonlari

 

CHAYNVORD 1. O‘zbek xalq dostonlari turkumi. 2. Avazxonning Isfaxon malikasi yo‘lidagi sarguzashtlari tasvirlangan doston. 3. Go‘ro‘g‘lini voyaga yetkazgan cho‘pon. 4. Dostonlarda bayon etilgan Sharq muzofotlaridan birining nomi. 5. Majnunning asl ismi. 6. Dostonlardagi afsonaviy, xaloskorlik ramzi hisoblanuvchi yirik qush. 7. Go‘ro‘g‘li tulporining laqabi. 8. Ergash shoir va Bekmurod baxshidan yozib olingan nusxalari nashr etilgan Zangar go‘zali. 9. Go‘ro‘g‘lining sodiq yigitlaridan biri boshidan kechirgan sarguzashtlar bayon etilgan doston. 10. “Alpomish” dostoni qahramonlaridan biri. 11. Islom shoir Nazar o‘g‘lidan yozib olingan “Orzigul” dostoni qahramoni. 12. Baxshilar doston aytib chaladigan cholg‘u. 13. Go‘ro‘g‘li tarbiyalab ulg‘aytirgan yigit. 14. Mashhur sarguzasht, vafodorlik mazmunidagi ertak – dostondagi sadoqatli ma’shuqa. 15. Istiqlol yillarida 1000 yilligi nishonlanib, ekranlashtirilgan qahramonlik dostoni.

KRIPTOGRAMMA. Avvalo ta’riflangan va xalq dostonlaridan keltirilib, raqamlarda ifodalangan kalit so‘zlarni toping.

1. Xalq dostonlarining nashr etilishiga muhim hissa qo‘shgan atoqli o‘zbek shoiri Hamid – 8,1, 4,13,12,8, 14.

O‘zbek xalq dostonlari nomidan:

2. “Erali va 6,9, 10,5, 1,4”.

3. “Malikai 5,18,18,8, 10”.

4. “Bahrom va 11,2, 1,5, 14,19,8, 13”.

5. “Vomiq bilan 2,17,10,8”.

6. “Avazxonning 16,5, 10,5, 14,11,11,5 safari”.

7. “11,3, 10,3, 15,1, 4,14,4, 14,11 tug‘ilishi”.

8. “Oshiq 15,5, 10,4, 7”.

Endi kalit so‘zlar javoblari orqali shakl atrofidagi kriptogrammani hal eting. Bunda ulardan ikki taniqli o‘zbek xalq shoiri, baxshilarini bilib olasiz.

 

Foziljon ORIPOV tuzdi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.