Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Pomidorli blinchik (quymoq)

Kerakli mahsulotlar: 2 dona tuxum, 2 piyola sut, 2 dona pomidor, 0,5 bog‘ ukrop, bir chimdim tuz, 50 gr pishloq va keragicha un, bir chimdim iste’mol sodasi.

Tayyorlanishi: pomidor va ko‘kat mayda qilib to‘g‘raladi, pishloq qirg‘ichdan chiqariladi.

Tuxumni tog‘orachaga chaqib ustidan tuz, sut va yuqorida aytilgan to‘g‘ralgan mahsulotlarni solib aralashtiramiz. So‘ng oz-ozdan un qo‘shib atala holatiga keltiramiz.

Tovaga bir qoshiq yog‘ va bir cho‘michdan atala quyamiz. Qizargach, orqasini o‘girib pishiramiz.

 

Barno Lutfullayeva tayyorladi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.