Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2017-yil 7-son

  • Yozning yozganlari

    Bilaman, siz meni ko‘pam xushlamay,

    Bahorga talpinib she’rlar yozasiz.

    Kuzning xirmonidan ko‘nglingiz to‘lib,

    Qishning ziynatidan orom olasiz.

     

    Tabiat qonunin anglasangiz-da,

    Goh mendan noliysiz terlab, hansirab.

    Quyoshning tig‘idan panaga qochib,

    Labingiz yopishib qolar

    ...
  • Tarixiy voqea

    Yurtimizning barcha bolalari yozgi ta’til kunlarini maroq bilan o‘tkazayotgan bir paytda Toshkentdagi katta Simpoziumlar saroyida O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoyda mamlakatimizning turli viloyat kengashlaridan saylangan delegatlar ishtirok etishdi. Shuningdek, unga Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, hukumat

    ...
  • Mehridaryo maskan

    “Yurgan – daryo...” deganlaridek, yurtimizning bor husn-u tarovati, go‘zal tabiatidan bahra olish, qolaversa, qadrdon o‘quvchilari bilan yaqindan tanishib, dildan suhbatlashish maqsadida Gulxanjon har yili mamlakat bo‘ylab safarlar uyushtiradi.

    Sevimli jurnalingizning navbatdagi sayohati Toshkent viloyatining eng so‘lim maskanlaridan biri

    ...
  • Navolarga baxshida umr

    Taniqli kompozitor va dirijyor Shermat Yormatov kuyunchak rahbar sifatida nafaqat “Bulbulcha”ning, balki oynayi jahon orqali efirga uzatiladigan, millionlab bolalarning mehrini qozongan “Qo‘shig‘im, jon, qo‘shig‘im”, “Birgalikda kuylaymiz”, “Do, re, mi, fa, sol”, “San’at g‘unchalari” kabi qator ko‘rsatuv muxlislarining ham fidoyi ustozi, butun respublika bolalariga musiqadan tahsil bergan

    ...
  • Kamalak uchrashuvlari

    Shodlik mexmonlari

     

    Tabriklayman, Mubina, “Kitob – tafakkur qanoti” bellashuvining eng faol, eng hozirjavob ishtirokchisi bo‘lding. Badiiy asarlar, ularning qahramonlari haqidagi savollarga batafsil javob berding. Shuncha kitobni o‘qishga qachon ulgurasan? – hayratini yashirmadi Shahnoza.

    – Maktabimizdagi kutubxonaga

    ...
  • Cho‘limizni suyamiz

    O‘yinqaroq bolamiz

     

    Issiqlanib yo‘lda biz,

    Cho‘milyapmiz ko‘lda biz.

    Komil quloch otyapti,

    Davron qumga botyapti.

    Kimga nima yoqqani,

    Nor qiynaydi baqani.

    Bir qarasak, kech kirib,

    Kun ham qopti eskirib.

    Birdan bo‘ldi ko‘zlar lo‘q,

    Qirda qolgan mollar

    ...
  • Baliq ovida

    Baliq tutish-chun bir kun

    Dilshod, men hamda Omon.

    Yo‘l oldik daladagi

    Huv, katta anhor tomon.

     

    Qo‘lda tutib qarmoqni,

    Xaltachaga non soldik.

    Uzoq ekan anhor ham,

    Yetguncha ancha toldik.

     

    “Baliq tutolmaysiz”, deb

    Nortoy birga bormadi.

    “Biz bilan yurgin”

    ...
  • Hunardan ungan zafarlar

    O‘tgan yili andijonlik hunarmand qiz Havasoy haqida maqola yozgandim. Uning Chamandagul, Iroqi do‘ppilariga havasim oshib, bichimlaridan andoza ham olgandim. Kuni kecha Havasoyning buvisi Hajalxon aya tahririyatga qo‘ng‘iroq qilib, do‘ppido‘z qiz bir necha yangi ishlarini yig‘ib, Toshkentga – Yosh hunarmandlar Respublika tanloviga yo‘l olganini aytib qoldi. Xursand bo‘lib ketdim. Bahonada

    ...
  • Tabiat sabog‘i

    Yoz kelib qir-adirlardagi maysalar quyosh-ning qaynoq taftidan sariq tusga kira boshlagan. Kunlar isib soylardagi toshlar qizigan. Mana, bir soatdan ortiq vaqt bo‘ldiki, tog‘lar bag‘ridagi ilon iziday cho‘zilib ketgan chang yo‘ldan eski UAZ balandlikka o‘rmalab bormoqda. Haydovchi qotmadan kelgan, jingalaksoch, bo‘ydor, serharakat Bahodir ismli tog‘lik odam. U yo‘lovchilar zerikib qolmasin

    ...
  • Tuyg‘ular tasviri

    Ahadjon Usmonaliyev Farg‘ona shahridagi 30-maktabning 9-sinf o‘quvchisi. U qo‘liga qalam olib rasm chiza boshlaganda hali yozishni ham bilmas edi. Ahadjon kichikligidan tabiat qo‘ynida sayr qilishni yoqtirgani uchun osmon, bulut va quyoshni, hovlisidagi gul, daraxtlarni tasvirlashga harakat qilardi. Ayniqsa, hovlidagi daraxtlarning har faslda turfa ranglarga kirganini ko‘rganda rasm chizishga

    ...
  • Xo‘rozvoy

    Qichqiradi tong-sahar,

    Qorni ochgan hoynahoy.

    Jo‘jalarning dadasi

    Qizil tojli Xo‘rozvoy.

     

    Shudgor unga dasturxon,

    Qurt-qumursqa teradi.

    Topganini ilinib,

    Jo‘jalarga beradi.

     

    Ozoda ORIPOVA,

    Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani

    39-maktab

    ...
  • Qalam

    Goh o‘yga toladi, goh yozadi she’r,

    Oppoq qog‘oz bilan dardlashar qalam.

    Dunyoni zabt etdi bobom Alisher,

    Hanuz tugamadi undagi alam.

     

    Yurak rangidanmi bo‘yoqlaring ayt,

    Nechun tugamaydi hasrating, qalam?!

    Unsiz to‘kiladi qog‘ozga ming bayt,

    Biroq orom bilmas shoir-u olam.

     

    Olis

    ...
  • Limon

    Sap-sariqqina limon,

    Quyoshjon rangiga kon.

    Bo‘lsa-da biroz nordon,

    Tanga shifobaxsh, darmon.

     

    Unga rahmat aytib qon,

    Ravon oqadi shu on.

    “Se” vitamini xirmon,

    Yetaklar sog‘liq tomon.

     

    Iqbolxon MUHAMMEDOVA,

    Toshkent shahar Yakkasaroy

    ...
  • Gilos

    Biz ta’tilga chiqqan chog‘,

    Giloslarga to‘ldi bog‘.

    Katta-katta ochib ko‘z

    Maqtanadi otib so‘z:

    – Men sizlardan boshqacha

    Shunday turgum qishgacha!

    Eshitib shu lahza, on,

    Xavf tug‘ildi nogahon.

    Gilos sho‘rlik cho‘chidi,

    Chumchuq kelib cho‘qidi.

    Gilosxonni eh, qarang,

    Ko‘z yosh to‘kdi

    ...
  • Vergul

    Ajrataman so‘zlarni,

    Gapda kelsa “lola”, “gul”.

    “Kim ekan bu?” deysizmi?

    Mening nomimdir vergul.

     

    Men tufayli har bir so‘z,

    Tartib bilan turadi.

    Kitobga solsa nazar,

    Hamma meni ko‘radi.

     

    Gulmira RAIMOVA,

    Surxondaryo viloyati Sherobod

    ...
  • Olma

    Temir moddasiga boy,

    Shakli esa to‘lin oy.

    Qizil, yashil va sariq

    Olmalar sizga tortiq.

    Ishtahani ochadi,

    Kasalliklar qochadi.

     

    Mirsaid MIRAHMEDOV,

    Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek

    tumani 256-maktab 6-sinf

  • Qo‘riqchi mushuk

    Yana quvnoq yoz keldi,

    Yoz-chi menga soz keldi.

    Mehnatga bo‘lib hamdam,

    Barchaga berdim yordam.

    Buvim tovuq boqadi,

    Bu ish unga yoqadi.

    “Chiy-chiy”lab jo‘jalari

    Qanotchasin qoqadi.

    Qora, qizil, sariq, oq

    Jo‘jalari yoqimtoy.

    Ularni hammadan ko‘p

    Yoqtiradi

    ...
  • Soat

    Soat boqib devordan,

    Chiqqillaydi betinim.

    “Vaqt qadriga yeting, der,

    Do‘st, jigar, og‘a, inim!”

     

    Nasihatlar bekorga

    Jaranglamas, odatda.

    Biz-chun foyda, o‘git bor

    To‘g‘riso‘z bu soatda.

     

    Durdona QAMBAROVA,

    Jizzax viloyati Paxtakor tumani 6-maktab

    ...
  • Askar akam

    Akam harbiy xizmatchi,

    Vatanga sodiq soqchi.

    Kelishgan, norg‘ul, o‘ktam,

    Askar libosi ko‘rkam.

    Sarhadda turar hushyor,

    Shu bois tinchdir diyor.

    Temur bobomga o‘g‘lon

    Akam jasur, mard posbon.

     

    Zuhayro DAVLATOVA,

    Farg‘ona viloyati Buvayda tumani

    52-maktab

    ...
  • Ardoqlaymiz Vatanni

    Erta tongda turamiz,

    Maktab tomon yuramiz.

    Qoldirmaymiz darslarni

    Qadrlaymiz do‘stlarni.

    Berilgan shuncha imkon,

    Bo‘lishsin, deb chin inson.

    Bizlar-chun chekkan zahmat

    Ota-onamga rahmat.

     

    Munira BAHODIROVA,

    Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani

    39-maktab 8-sinf

  • Dono ayiqcha

    Bir ayiqcha bor edi,

    Ishyoqmas, beor edi.

    Asal topsa yeb uni,

    Besamar o‘tar kuni.

    Ochib qorni bir mahal,

    Topib oldi ko‘p asal.

    Biram quvondi ko‘rgach,

    O‘ylab qoldi yeb bo‘lgach.

    “Men ovqatga munosib

    Mehnat qildimmi o‘zi?”

    Kech bo‘lmasdan uyg‘onib,

    Ochildi ayiq ko‘zi.

    Endi

    ...
  • Suv

    Shildir-shildir oqar suv,

    Har tomchida hayot bor.

    Bilsam, ona tabiat

    O‘zi ulug‘ shifokor.

     

    Bog‘larni yashnatar suv,

    Ekinlarga najotdir.

    Mo‘l bo‘lar hosilimiz,

    Suv – bu obi-hayotdir.

     

    Feruza SA’DULLAYEVA,

    Xorazm viloyati Xiva tumani

    48-maktab

    ...
  • Chumoli

    Hamma fasl soz, – deydi,

    Eng yaxshisi yoz, – deydi.

    – Ter to‘kib mehnat qilsang,

    Qishda tashvish oz, – deydi.

    Turmushimiz joyida

    Hatto chilla oyida,

    Bizga tashvish tug‘dirmas

    Kuzning yomg‘ir, loyi-da.

     

    Naima ANVAROVA,

    Toshkent viloyati

    Chinoz

    ...
  • Sport

    Sport – sog‘lik garovi,

    Kuch bag‘ishlar insonga.

    Sportsevar kishilar

    Yurishar sog‘, darmonda.

     

    Sog‘lom tanda sog‘ aql,

    Sport bilan shug‘ullan.

    Shunda sog‘lom bo‘lasan,

    Uzoq umr ko‘rasan.

     

    Naima ANVAROVA,

    Toshkent viloyati

    Chinoz tumani

  • Istak

    Inson ko‘ngli istaydi,

    Shirin so‘z, shirin kalom.

    Har bir aytgan so‘zimiz

    Dillarga berar ilhom.

     

    So‘zlasak shirin, go‘zal

    Hammaga mehr bilan.

    Yuzimizda tabassum

    So‘zlarda sehr bilan.

     

    So‘zda bordir kuch-quvvat,

    So‘zlardadir harakat.

    Shirin kalom bor

    ...
  • Ertakchi

    Buvim aytar ertaklar,

    Ukam uchun bir ermak,

    Yaxshisini oshirar,

    Yomonini yashirar.

    Yana bir gap: ertakchi –

    Yaxshilikka yetakchi!

     

    Shahrizoda SAIDULLAYEVA,

    Toshkent shahar Yashnobod tumani

    30-maktab 7-sinf

  • Sakuralar oilasi yoxud yapon o‘quvchilari hayotiga bir nazar

    Qadrli yosh do‘stim! Bilaman, hozir yozgi ta’tilda mazza qilib, o‘ynab-kulib hordiq chiqaryapsiz. Cho‘milyapsiz, xushmanzara tog‘ qo‘ynidagi oromgohlarda hech bir majburiyatsiz dam olyapsiz. Xullas, ayni paytda kitob-daftar, qalam-qog‘oz kabi narsalarga unchalik hushingiz yo‘q. Sizga maktab darslaridan savol berib ko‘rsak... Xo‘p-xo‘p-xo‘p... Savolni yig‘ishtiramiz. Ammo bitta so‘rovimizga

    ...
  • Sirli kundalik

    Men yozgi ta’tilni intiqib kutdim. Chunki oyijonim oromgohga yo‘llanma sovg‘a qilgandi. Allaqachon kerakli narsalarni tayyorlab, sevimli kitoblarimni joylashtirib qo‘ygandim-da. Nihoyat o‘sha kun keldi. Biz, barcha dam oluvchilar avtobuslarga chiqib joylashdik. Ro‘paramga kelib o‘tirgan qizlar bizning mahallamizdan ekan. Nargiza va Dildora, deb o‘zlarini tanishtirdi qizlar chiroyli jilmayib.

    ...
  • Tulki tuzoqqa tushdi

    Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qalin o‘rmonda ayiq, tulki, bo‘ri, quyon, kiyik, sher, yo‘lbars kabi ko‘plab hayvonlar yasharkan. Ularning eng ayyori Tulkixon ekan. Hayvonlar uni yomon ko‘risharkan, chunki u tayyorga ayyorlik qilib kun ko‘rar ekan. Bir kuni Tulkixon Ayiqvoyning asalini o‘g‘irlab ketibdi. Ayiqvoy uyga qaytgach, asali kamayganini sezibdi. Shoshilib tashqariga chiqib qarasa,

    ...
  • Ezgulikka esh maskan

    Toshkent shahrida tarixiy obidalar, madrasalar ko‘p. Mohir usta va me’morlar tomonidan yuz-uch yuz yil avval bunyod etilgan bu inshootlar hali ham o‘z ko‘rki va salobatini yo‘qotmagan. Eng muhimi, ular hanuz faoliyatini davom ettiryapti. Ana shunday nodir va tabarruk binolardan biri Milliy bog‘ to‘rida joylashgan Abulqosim madrasasi.

    Uzoq tarix lavhalarini bag‘rida asrayotgan

    ...
  • Niginaning ta’tili

    Nigina bu yil 8-sinfni tamomladi. U har yili yozda oromgohlarga borar edi, ammo bu yil dadasi ruxsat bermadi. To‘g‘risini aytganda, dadasidan avval buvisi istamadi. Qiz bola muhim hunarlardan birini egallashi kerak emish. Shu sababli u o‘zi uchun boshqa rejalar tuza boshladi.

    Maktab kutubxonasidan olgan kitoblarini almashtirgani borgan edi, sog‘lomlashtirish oromgohidagi

    ...
  • Mazza qildim

    Oh... Bu yil yoz menga kutilmagan ta’tilni tuhfa etdi. Eng avvalo, shuni aytmoqchimanki, ta’til maroqli boshlandi. Toshkent viloyatidagi so‘lim maskanlardan birida yozgi oromgoh ochilibdi. Bu joy Xumson degan qishloq bo‘lib, “Asaka bank” tomonidan tashkil topgan. Unda biz bolalar uchun hamma sharoit muhayyo. Sog‘lomlashtirish bo‘yicha qulayliklar, suzish va cho‘milish havzalari deysizmi,

    ...
  • Rostini aytsam...

    Yozgi ta’tilda mazza qilib dam olayotgan Sherzod bir kun avval kechki ovqat paytida dadasining aytgan gaplarini o‘rtoqlariga tezroq yetkazgisi keldi. Nonushta qildi-yu, ko‘chaga chiqib ketdi. Mahalla bog‘chasi ro‘parasidagi katta tut tagidagi yog‘och o‘rindiqqa o‘tirganicha barcha o‘rtoqlariga telefon qildi. Ularni har doimgi yig‘ilishadigan joylariga chaqirdi. Bolalar yarim soatga qolmay

    ...
  • Tillaga aylangan tandir

    Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim o‘tgan zamonda tog‘ning narigi tomonida juda mashhur tandirchi chol bilan kampir yashagan ekan. Cholning katta o‘g‘li olamdan ko‘z yumgan, undan bir o‘g‘il qolgan ekan. Chol-kampir Yodgorboyni ancha erkalatib katta qilishibdi. U bobo va momosi oftob tig‘ida tuproq o‘yib, loy qorib, undan tepkilab-tepkilab tandir yasashlarini beparvogina kuzatar, yordam

    ...
  • “Bolalik” bolalari

    Maktabimiz tumanimizdagi eng ilg‘or o‘quv maskanlaridan. Buning boisi o‘quvchilarimizga sportning istalgan turi bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyat yaratilganligidadir.

    Bu an’anani yozgi ta’til chog‘ida ham davom ettiryapmiz. Maktabimizda “Bolalik” sport sog‘lomlashtirish maydonchasi tashkil qilingan. Uning vazifasi maktab o‘quvchilarini aqlan va jismonan chiniqtirish,

    ...
  • “Koinot”da maroqli hordiq

    G‘ijduvon tuman markazida faoliyat ko‘rsatayotgan “Koinot” oromgohida bolalarning ko‘ngildagidek dam olishlari uchun barcha sharoit muhayyo.

    – Bu yerdagi guruhlararo o‘tkazilayotgan sport musobaqalari, bilimdon bolalar bellashuvi, “Davraga marhamat” san’at tanlovi, turli mavzulardagi bahs-munozaralar bolalarni bir-birlarini yaqindan bilib olishlari, do‘stlashishlari uchun juda qo‘l

    ...
  • Krossvord 2017-7-son (1)

    Eniga: 1. Amiri, asati. 3. Qadimiy qurol. 8. Harbiy xizmatkor (tarix). 10. Osiyodagi tog‘li xalq. 11. Qimmatbaho metall (zar). 12. Teledastur (axborot). 14. Tailand (qadim). 17. Erkak ovozi (musiqa). 18. Uzviy bog‘lanish. 19. Gretsiya poytaxti. 23. Kalashnikov quroli. 24. Baliq tuxumi. 27. Qiyin emas. 29...eshon (milliy ozodlik kurashchisi). 30. Duradgor asbobi. 31. Tinchlik

    ...
  • Krossvord 2017-7-son (2)

    Quyidagi qo‘shma so‘zlardan kerakligini ajratib olib kataklariga joylashtiring-chi?

    Bo‘yiga va eniga: Kelinsalom, Sohibqiron, Oltinbaliq, shakarpalak.

  • Krossvord 2017-7-son (3)

    Skanvord so‘zlarini joy-joyiga joylashtiring.

    3. Ota, tol, nam.

    4. Sara.

    5. Satin, Zafar, qalam.

    6. Xarita.

     

    Sevara MIRZAYEVA,

    Aziza SOBIROVA,

    Toshkent shahridagi 268-maktab o‘quvchilari

  • Pomidorli blinchik (quymoq)

    Kerakli mahsulotlar: 2 dona tuxum, 2 piyola sut, 2 dona pomidor, 0,5 bog‘ ukrop, bir chimdim tuz, 50 gr pishloq va keragicha un, bir chimdim iste’mol sodasi.

    Tayyorlanishi:pomidor va ko‘kat mayda qilib to‘g‘raladi, pishloq qirg‘ichdan chiqariladi.

    Tuxumni tog‘orachaga chaqib ustidan tuz, sut va yuqorida aytilgan to‘g‘ralgan mahsulotlarni

    ...
  • Karamli salat

    Kerakli mahsulotlar: yarimta karam, 4 dona olma, 2 dona tuxum, 1 banka makkajo‘xori, 3-4 qoshiq mayonez, 1 osh qoshiq shakar.

    Tayyorlanishi: qaynatilgan tuxumni olib karam bilan birga somoncha shaklida to‘g‘raymiz. Makkajo‘xori, mayonez va shakarni solib yaxshilab aralashtiramiz. Bu salatga tuz solinmaydi. Mayonezdagi tuz yetarli

    ...
  • “Zebra” shirinligi

    Kerakli mahsulotlar:3 dona tuxum, 1 piyola shakar, 1 piyola qatiq, 100 gr margarin, 2 osh qoshiq kakao, 1 choy qoshiq soda, keragicha un.

    Tog‘orachaga tuxumni chaqib ustidan shakar, qatiq, ichimlik sodasi solib yaxshilab aralashtiramiz. Margarinni eritib olib, uni ham aralashtiramiz. So‘ng elangan unni solib xuddi keksnikidek xamir tayyorlaymiz (suyuqdan quyuqroq).

    ...
  • Yozgi salat

    Kerakli mahsulotlar:3 dona bodring, 2 dona pomidor, 15-20 dona rayhon bargi, 3 dona bulg‘or qalampiri, 2 dona baqlajon, 2 qoshiq o‘simlik yog‘i.

    Tayyorlanishi:bodring, pomidorni 2 sm kattalikda to‘g‘raymiz. Bulg‘or qalampirini ham katta-katta bo‘laklarga bo‘lamiz. Rayhonni maydalab, baqlajon po‘stini artmasdan parrak-parrak to‘g‘raymiz. Qovurib,

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.