Soat
Soat boqib devordan,
Chiqqillaydi betinim.
“Vaqt qadriga yeting, der,
Do‘st, jigar, og‘a, inim!”
Nasihatlar bekorga
Jaranglamas, odatda.
Biz-chun foyda, o‘git bor
To‘g‘riso‘z bu soatda.
Durdona QAMBAROVA,
Jizzax viloyati Paxtakor tumani 6-maktab 8-sinf