Qo‘riqchi mushuk
Yana quvnoq yoz keldi,
Yoz-chi menga soz keldi.
Mehnatga bo‘lib hamdam,
Barchaga berdim yordam.
Buvim tovuq boqadi,
Bu ish unga yoqadi.
“Chiy-chiy”lab jo‘jalari
Qanotchasin qoqadi.
Qora, qizil, sariq, oq
Jo‘jalari yoqimtoy.
Ularni hammadan ko‘p
Yoqtiradi mushukvoy.
Ishonmasang kelib ko‘r,
Hech kim qolmagan mahal,
Tovuq katak yonida
Mushukvoy yotar har gal.
Mahbuba NUSRATOVA,
Toshkent shahar Shayxontohur tumani
324-maktab 5-sinf