“Koinot”da maroqli hordiq
G‘ijduvon tuman markazida faoliyat ko‘rsatayotgan “Koinot” oromgohida bolalarning ko‘ngildagidek dam olishlari uchun barcha sharoit muhayyo.
– Bu yerdagi guruhlararo o‘tkazilayotgan sport musobaqalari, bilimdon bolalar bellashuvi, “Davraga marhamat” san’at tanlovi, turli mavzulardagi bahs-munozaralar bolalarni bir-birlarini yaqindan bilib olishlari, do‘stlashishlari uchun juda qo‘l kelyapti, – deydi oromgoh bosh yetakchisi Munisa Ne’matova. – Eng muhimi, bolalar “Ingliz tilini o‘rganamiz”, “Mohir qo‘llar”, “Kim chiroyli surat oladi?” kabi to‘garaklarda o‘z bilim va mahoratlarini oshirishmoqda.
“Kitob – tafakkur qanoti”, “Quvnoqlar va epchillar” sport musobaqasida maktabimiz o‘quvchilari Dilshod Xo‘jayev, Ruslan Istamovlar g‘olib chiqishdi.
– Men ham maktabdoshlarim kabi oromgohning eng faol dam oluvchisi hamda suzish bo‘yicha chempion bo‘lmoqchiman, – deydi navbatdagi mavsumda dam olish uchun otlangan a’lochi o‘quvchimiz Sardor Hamroqulov.
Mohigul RASULOVA,
G‘ijduvon tumanidagi 27-maktab o‘qituvchisi