Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Bolalik” bolalari

Maktabimiz tumanimizdagi eng ilg‘or o‘quv maskanlaridan. Buning boisi o‘quvchilarimizga sportning istalgan turi bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyat yaratilganligidadir.

Bu an’anani yozgi ta’til chog‘ida ham davom ettiryapmiz. Maktabimizda “Bolalik” sport sog‘lomlashtirish maydonchasi tashkil qilingan. Uning vazifasi maktab o‘quvchilarini aqlan va jismonan chiniqtirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, kitobxonlik darajasini oshirish. Ana shu maqsadda “Sog‘ tanda – sog‘lom aql”, “Birgalikda kuylaymiz”, “Qiziqarli matematika”, “Mohir qo‘llar”, “Rangin dunyo”, “Kitobim – oftobim”, “Ertaklar – yaxshilikka yetaklar”, shaxmat, shashka to‘garaklari faoliyat yuritmoqda. Bolalarga ayniqsa, cho‘milish havzasidagi zilol suvda suzish judayam yoqyapti. Suzishni bilmaganlar o‘rganyapti.

Ta’til davomida bolalarga teatrlashtirilgan tomoshalar ko‘rsatish, Toshkent Hayvonot bog‘iga sayohat ham rejalashtirilgan.

 

Munisa SHOKIROVA,

Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 170-maktab o‘qituvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.