Qalam
Goh o‘yga toladi, goh yozadi she’r,
Oppoq qog‘oz bilan dardlashar qalam.
Dunyoni zabt etdi bobom Alisher,
Hanuz tugamadi undagi alam.
Yurak rangidanmi bo‘yoqlaring ayt,
Nechun tugamaydi hasrating, qalam?!
Unsiz to‘kiladi qog‘ozga ming bayt,
Biroq orom bilmas shoir-u olam.
Olis yulduzlarga qadalib nigoh,
Adib yuragini tiladi qalam.
Neni qayd etmoqda tonggacha bedor,
Buni yolg‘iz o‘zi biladi qalam.
Zuhra NORBOYEVA,
Jizzax viloyati Zomin tumani
5-maktab 9-sinf