Yozgi salat
Kerakli mahsulotlar: 3 dona bodring, 2 dona pomidor, 15-20 dona rayhon bargi, 3 dona bulg‘or qalampiri, 2 dona baqlajon, 2 qoshiq o‘simlik yog‘i.
Tayyorlanishi: bodring, pomidorni 2 sm kattalikda to‘g‘raymiz. Bulg‘or qalampirini ham katta-katta bo‘laklarga bo‘lamiz. Rayhonni maydalab, baqlajon po‘stini artmasdan parrak-parrak to‘g‘raymiz. Qovurib, boyagi to‘g‘ralgan masalliqlar ustiga issig‘ida solamiz. 2-3 qoshiq qizdirilgan yog‘dan quyamiz. Ta’bga ko‘ra tuz qo‘shib aralashtiramiz. Salatimiz tayyor.
Barno Lutfullayeva tayyorladi