Rekordlar kitobini kim yaratgan
Mashhur “Ginnes rekordlari kitobi” haqida eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. Ammo uning yaratilish tarixini barcha ham bilmasligi, tabiiy.
1951-yili “Ginnes” kompaniyasi direktori Xyu Biver bir davrada dunyodagi eng tez uchadigan qush qaysi ekanligi bo‘yicha tortishib qoladi. Shundan so‘ng u bu kabi jumboq savollarga javob beradigan maxsus ma’lumotnoma bo‘lishi kerak, aks holda, odamlar rasmiy biror manbaga ega bo‘lmay turib soatlab bahslashishi mumkin, deb o‘ylab qoladi. Va mazkur yangiliklar Ginnes kompaniyasi tomonidan tarqatilishini ko‘zlab “Ginnes rekordlari kitobi”ni yaratadi.
Shunday qilib hozirga qadar g‘aroyib voqealarga boy bo‘lib kelayotgan mashhur kitob dunyo yuzini ko‘radi.