Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Istak

Inson ko‘ngli istaydi,

Shirin so‘z, shirin kalom.

Har bir aytgan so‘zimiz

Dillarga berar ilhom.

 

So‘zlasak shirin, go‘zal

Hammaga mehr bilan.

Yuzimizda tabassum

So‘zlarda sehr bilan.

 

So‘zda bordir kuch-quvvat,

So‘zlardadir harakat.

Shirin kalom bor yerda

Rizq-ro‘z, xayr-u barokat.

 

Nozima SA’DULLAYEVA,

Toshkent shahar 41-maktab 9-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.