Dono ayiqcha
Bir ayiqcha bor edi,
Ishyoqmas, beor edi.
Asal topsa yeb uni,
Besamar o‘tar kuni.
Ochib qorni bir mahal,
Topib oldi ko‘p asal.
Biram quvondi ko‘rgach,
O‘ylab qoldi yeb bo‘lgach.
“Men ovqatga munosib
Mehnat qildimmi o‘zi?”
Kech bo‘lmasdan uyg‘onib,
Ochildi ayiq ko‘zi.
Endi tinmay ishlaydi,
Ter to‘kib, so‘ng qishlaydi.
Sevinch ERGASHEVA,
Navoiy viloyati Uchquduq tumani
20-maktab