Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Qushlar dunyosi” chaynvordi

000

 

Chaynvord: 1. Ko‘klam elchisi. 2. Yer yuzining barcha qit’alarida tarqalgan, uyasini qoya yoriqlarida quruvchi sayroqi parranda. 3. Tustovuqning ikkinchi nomi. 4. Yoz darakchisi. 5. Markaziy Osiyo tog‘liklarida yashovchi, ovlanadigan parranda. 6. O‘zbekistonda mart oylarida uchib keluvchi qush. 7. Ovlanadigan, go‘shti mazali yirik qush. 8. Vatanimizda qushlar uchib o‘tish davrida uchrovchi parranda. 9. Muzlamaydigan suv havzalarida qishlovchi qush. 10. Pati qora tusdagi parranda. 11. Gala-gala bo‘lib uchadigan qush. 12. Tumshug‘ining ranggiga ko‘ra nom olgan qush. 13. O‘zbekistonda qishlaydigan, patlari tim qora qush. 14. Janub o‘rmonlarida tarqalgan kokildor, noyob parranda. 15. Olachipor patli, yelpig‘ichsimon tojli qush. 16. Yashil patli, bigiz tumshuqli, jarlarga uya soluvchi qush. 17. Nomi vatani hisoblanuvchi orol nomidan olingan, uyda boqib ko‘paytiriladigan sayroqi qush. 18. Havoda qanot qoqmasdan uzoq vaqt ucha oladigan, suvda yaxshi suzuvchi, Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan kamyob dengiz parrandasi. 19. Yozuvchi Abdulla Qahhor qissasi nomi bilan ataluvchi qush. 20. Parrandalarga mo‘ljallangan xona. 21. Bedanani to‘rga ilintirishda foydalaniladigan hushtak. 22. Nomini aytib sayrovchi qush. 23. Parrandalar yashashi uchun qurilgan joy. 24. Janubiy Amerikada tarqalgan to‘ti. 25. G‘ozsimonlar turkumiga mansub ovlanadigan qush. 26. Xonakilashtirilgan parranda.

Topshiriq. Yuqoridagi javoblar asosida quyidagi raqamlar juftini (birinchisi so‘z, ikkinchisi harf tartibini anglatadi) harflar bilan almashtirish orqali dunyoda eng tez yuradigan, tuxumi qaynatilganda esa to‘rt soatda pishadigan va bo‘ynidagi umurtqalari miqdori jirafanikidan ikki baravar ko‘p bo‘lgan g‘aroyib qushlarni bilib oling. 6/6,3/7,4/3,14/1,1/1,22/5,10/5,19/4,7/2,24/2,2/1,16/2,26/5.

 

Foziljon ORIPOV tuzdi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.