Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Sabzili pirog

Kerakli masalliqlar: 2 dona qizil sabzi, 200 gr margarin, 150 gramm shakar, un, iste’mol sodasi

Kremiga: 200 gramm smetana, 150 gramm shakar.

Tayyorlash:

Qizil sabzini mayda tishli qirg‘ichdan chiqaramiz. Margarinni eritib, shakar, iste’mol sodasi solib atalaymiz. Tayyor massaga qirilgan sabzi qo‘shib yana aralashtiramiz. Ustiga elangan unni oz-ozdan sepib yumshoq, qo‘lga yopishmaydigan xamir qoramiz. Xamirni ikkiga bo‘lib 1,5 santimetr qalinlikda yoyib, gaz pechida pishirib olamiz.

Smetanaga shakarni qo‘shib, quyulguncha aralashtiramiz. Pishib chiqqan xamirlar orasiga va ustiga krem surtamiz. Chetidan ortgan urvoqlarini maydalab, yuziga sepamiz.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.