Na’matakli sharbat
200 gramm na’matak, 3-4 dona turshak, yarimta limon, 1 bo‘lak novvot.
Na’matak va turshakni yuvamiz, limonning suvini siqib, po‘stlog‘ini ham qo‘shib yuboramiz. Novvotni solib, ustidan qaynoq suv quyib, 1-2 soat dimlab qo‘yamiz. Bu sharbat shamollash va grippda juda foydali.
Barno LUTFULLAYEVA