“Ardoqli shoir”
Quyidagi topqirlik mashqlarini hal etish bilan Erkin Vohidov hayoti va faoliyati borasidagi bilimlaringizni sinab ko‘ring.
AYLANMA KROSSVORD: Shaklda belgilangan xonadan raqam atrofiga soat mili yo‘nalishida: 1. Shoir o‘zining asarlariga atab yozgan she’ri. 2. “Bog‘laringni sayr etganimda Sen bor eding qalbda, Vatanim...” satrlari bilan boshlanuvchi she’r. 3. Singlisi Feruzaga atalgan she’r. 4. Hajviy mazmundagi asari nomidan: “Bir yolg‘ondan ... yolg‘on”. 5. Ijodkor tavallud topgan maskan. 6. Yangi yil mehmoniga atab yozilgan asar. 7. “Daraxtlar suhbati” turkum asaridagi mevalardan biri. 8. “Kamtarin bo‘l, hatto bir qadam... G‘urur ostonasidan”. 9. Shoirning bolalikdagi o‘y-xayollari yod etilgan asari. 10. Ijodkorning asarlari tarjima qilingan xorijiy tillardan biri. 11. “Donishqishloq latifalari” qahramoni. 12. Aruz vaznida yozilgan ikki misra she’r. 13. Erkin Vohidov o‘smirlik yillarida qatnashgan to‘garak rahbari, O‘zbekiston Xalq shoiri. 14. Nazmiy asar turi. 15. Shoir yashab, ijod qilgan shahar. 16. Ijod sohibining otasiga bag‘ishlab yozgan dostoni.
TOPSHIRIQ: Javob so‘zlari asosida quyidagi raqamlar juftini (birinchisi so‘z, ikkinchisi harf tartibini anglatadi) 3/1; 10/1; 12/3; 5/1; 7/3. 8/3; 11/2; 9/3; 15/4; 13/2; 16/1; 4/1. harflar bilan almashtirish orqali topshiriqni hal eting. Bunda ardoqli ijod sohibining ona vatanimiz madh etilgan dostoni ayon bo‘ladi.
KRIPTOGRAMMA. Kalit so‘zlar:
- “O‘zbegim” qasidasidan:
“Tarixing bitmakka, xalqim,
Mingta Firdavsiy 6,12,11,2,6
Chunki bir bor chekkan ohing
Mingta doston o‘zbegim”.
- “Ko‘zlarida ajib muammo,
Tilsiz 9, 8, 11, 2, 10 boqar menga jim.
E, u o‘sha ...
Topildi go‘yo
Unut bo‘lgan bir bo‘lak umrim”. – misralari joy olgan she’r.
- “Bolaligim — bozorim” turkum asarlaridan:
“Olmalarki, shafaqday qizil,
Lekin nomi 3, 1, 4, 2 emas ol!”
- “Kechagina” she’ridan: “Kitob bo‘ldi hamdamimiz,
7, 5, 1, 5, 4 bo‘ldi nur-chiroq”.
Shakl atrofidagi raqamlarni kalit so‘zlari javoblaridagi harflar bilan almashtirish orqali kriptogrammani hal eting. Bunda ulardan ijod sohibining “Bolalar” she’ridagi so‘nggi ikki misrasi ayon bo‘ladi.
Foziljon ORIPOV tuzdi.