Sherlok Xolms va Mark Tven
– Bilasizmi, Sherlok. Bir jumboq bor edi. Xabaringiz bor, men sugʻurta kompaniyasida ishlayman. Yaqinda bizning doimiy mijozlarimizdan biri janob Jorj oʻzining bir qimmatli qogʻozini sugʻurtaladi. Bu qogʻoz yozuvchi Mark Tvenning tugʻilganligi haqidagi guvohnoma edi. Mana uning nusxasi, koʻring, – deb qogʻozni Sherlokka uzatdi Fit.
Sherlok guvohnomani oldi-da, asosiy maʼlumotlarni oʻqidi:
“Tugʻilgan shaxs: Mark Tven
Tugʻilgan yil: 1835-yil 10-noyabr
Tugʻilgan joy: Florida (Missuri AQSH)”
Janob Jorj noyob qogʻozlarni yigʻishni yaxshi koʻrardi. Asosan, Amerika tarixi va adabiyotiga bogʻliq boʻlgan qimmatli maʼlumotli qogʻoz va kitoblarni. Afsuski, yaqinda uning seyfida aynan Mark Tvenning tugʻilganligi haqidagi guvohnomasini oʻgʻirlashibdi va uni topisha olishmadi. Biz janob Jorjga, kattagina pul toʻlab berdik, gapini tugatdi Fit.
– Eh doʻstim, nahotki shunchalik oddiy jumboqni yecha olmagan boʻlsangiz. Sizlar aldanibsizlar. Balki Jorj ham, – kulib qoʻydi Xolms.
Diqqat, savol: Sherlok Xolms nega bunday fikrga kelgan?
Zukko va sinchkov doʻstlar, bu jumboqni javobini topa oldingizmi, juda soz. Toʻgʻri javoblaringizni kutyapmiz. Eng zukko oʻquvchilarimizni yil yakunida ajoyib sovgʻalar kutmoqda.
Javoblarni telegramni ijtimoiy tarmogʻi orqali quyidagi raqamga yoʻllashingiz mumkin: +99897 274-30-98