“Qardosh diyor” boshqotirmasi
Aylanma krossvord. Shaklda belgilangan xonadan soat mili yoʻnalishida: 1. Poytaxt shahar. 2. Qozogʻiston va Jizzax viloyatida joylashgan suv ombori. 3. Atoqli adib, akademik, “Abay yoʻli” epopeyasi muallifi. 4. Markaziy Osiyodagi choʻl. 5. Oʻtmishda “Ona shahar” taʼrifi berilgan Chimkent yaqinidagi maskan. 6. Sharafiga Sayram shahrida meʼmoriy obida bunyod etilgan shoir, “Devoni hikmat” asari muallifi. 7. Sohillari Qozogʻiston bilan chegaradosh Rossiyadagi daryo. 8. Yirik neft koni. 9. Plato. 10. Pavlodar viloyatidagi shahar. 11. Ili daryosi yaqinidagi nurchilar shahri. 12. Atoqli qozoq yozuvchisi, “Mahambet nayzasi” romani muallifi. 13. Respublikadagi eng katta shahar. 14. Qazib olinadigan, oʻtga chidamli maʼdan. 15. Qishki yirik xalqaro sport majmuasi. 16. Shifobaxsh maʼdan suvli oromgoh. 17. Chegaradosh dengiz. 18. Respublika faunasiga mansub yirtqich. 19. Sarisu daryosi shimolidagi togʻ. 20. Nomi quyiladigan daryolar sonidan olingan, mamlakatning janubiy-sharqiy qismi.
“ABAY HIKMATI” KRIPTOGRAMMASI
Shaklning atrofi va oʻrta qismlaridagi raqamlarda qozoq sheʼriyati yulduzi, oʻz xalqining yozma adabiyotiga asos solgan maʼrifatparvar ijod sohibi Abay qalamiga mansub hikmatli soʻz yashiringan, uni quyidagi kalit soʻzlar javoblari orqali bilib oling.
KALIT SOʻZLAR:
1. Abay ijodiga mansub yil fasllaridan biriga bagʻishlangan sheʼr – 7,6, 8.
2. Abayning xalqini maʼrifatga, madaniyatga, insoniylikka undovchi 44 ta lavhalardan iborat falsafiy hikoyalar asari – 15,1, 7,2, 6,10,1, 11,17,12,2, 1,4.
3. Abay hikmati: Soʻz 16,14,8, 6 avval hadis, oyat boʻlur, shirasi ham maʼnosi gʻoyat boʻlur.
4. Asosiy qishki yaylov sifatida foydalaniladigan choʻl hududi – 18,17,10,6, 15,7, 9,18.
5. Konlardan qazib olinadigan rangli metall – 13,4, 14,18.
6. Kumush kabi oq, yaltiroq, qattiq metall – 15,6, 3,5, 2.
OʻQING-CHI! Shakl aylanalaridagi harflardan bosh harfini topib, maʼlum tartibda oʻqish bilan Abay asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan atoqli shoir va yozuvchilarni bilib oling.
Tuzuvchi: Foziljon ORIPOV