Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Topishmoqlar

Qumdan yaralar oʻzi,

Deraza, eshik koʻzi.

Rangi yoʻq, yuzi silliq,

Uyni tutadi issiq.

 

***

Bir ajoyib oq uycha,

Ichida qavat tokcha.

Boʻlsa hamki issiq, yoz,

Uychani ichi ayoz.

 

***

Ikki yaproq jonu tan,

Unga chamanzor Vatan.

Gulzorda gul oralab,

Gulga qoʻnar saralab.

 

***

Aql bilan soʻzlasa,

Dono soʻzlar tizilar.

Gʻazab bilan soʻzlasa,

Zahridan dil ezilar.

 

***

Qanot qoqmay uchar qush,

Bajarib ming bir yumush,

Samolarni quchadi,

Yurtdan yurtga uchadi.

 

***

Oʻrogʻi yoʻq oʻradi,

Xaskashi yoʻq yigʻadi,

Toy-toy jamlaydi somon,

Dondan yasaydi xirmon.

 

Tohir MULLABOYEV

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.