Sirli olam bag‘rida
Bolalar, orangizda osmonda chaqmoq chaqqanda, momaqaldiroq gumburlaganda qo‘rqib ketadiganlar talaygina, to‘g‘rimi? Agar siz fizika fanini qunt bilan o‘rgansangiz, bu qo‘rquv bo‘lmaydi, aksincha, tabiatda sodir bo‘ladigan har bir hodisani aql ko‘zi bilan ko‘radigan bo‘lasiz. Tabiatning barcha mo‘jizalari va injiqliklari bilan uyg‘un, do‘stona yashashni o‘rganasiz. Aslida nafaqat fizika, maktabda o‘tilayotgan barcha fanlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Ularni qunt bilan, mukammal o‘rganib ore sl sizni o‘zingizga ishonch bilan, dadil yashashga o‘rgatadi.
Keling, yaxshisi fizikada qanday sirli olam mujassamligini bilish uchun bu so‘zning ma’nosini yana bir ore slab olamiz. Fizika so‘zi yunoncha “fyuzis” – tabiat so‘zidan kelib chiqqan. Bu fan yer osti va yer ustida, koinotda, umuman tabiatning barcha qismlarida yuz beradigan hodisalarni o‘rganadi. Misol tariqasida esa, barchamizga ma’lum bo‘lgan bir qator fizik hodisalarni sanab o‘tamiz: suvning muzlashi, muzning erishi, suvning bug‘lanishi, chaqmoq, momaqaldiroq va ulardan kelib chiqadigan turli tovushlar. Quyidagi savollarni o‘qib, ularga to‘g‘ri javob topishga harakat qilsangiz, demak, siz fizikaning sirli, mo‘jizali olamiga ilk qadamni qo‘ygan bo‘lasiz.
1) Nima uchun daryo, ko‘l yoki dengiz suvi yuzasi ko‘rinishi bir xil emas, turli rangda bo‘ladi? Axir kimyo fanida suvga “rangsiz suyuqlik” deb ta’rif berilgan-ku!
2) Nima uchun qor uchquni oltiburchakli yulduzcha shakliga ega?
3) Kamalak qanday paydo bo‘ladi?
4) Nega qo‘limizga “huh” desak iliqlikni, “puf” desak sovuqni tuyamiz?
5) Nega ip-gazlamadan tikilgan xaltaga solingan polietilen xalta ko‘proq yukni ko‘tara oladi va yorilib ketmaydi?
6) Nima uchun muz shaffof, qor esa oq rangda bo‘ladi?
Xalqimiz orasida tarqalgan, tildan tilga ko‘chib yuruvchi ushbu topishmoqlar esa sizni tabiat hodisalari to‘g‘risida yana bir bor o‘ylab ko‘rishga undaydi:
***
Kelar-ketar izi yo‘q,
Qaragani ko‘zi yo‘q.
* * *
Kunduz kuni o‘chirib,
Tunda yoqa olmaymiz.
* * *
Zarga sotilmas,
Zo‘rga topilmas.
Yuqorida berilgan savollar va topishmoqlarni o‘qib, fizikaga qiziqib qoldingizmi? Unday bo‘lsa, javoblaringizni kutib qolamiz. Eng to‘g‘ri javob yo‘llagan o‘quvchilarning ism-sharifi hamda manzillari jurnalning kelgusi sonlarida e’lon qilinadi.
Olya QURBONOVA,
Chirchiq shahridagi 11-maktabning fizika fani o‘qituvchisi