Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2018-yil 6-son

  • Marsh qo‘shig‘i

    O‘zbekiston tog‘lari

    Yozgi ta’til chog‘lari

    Bag‘riga olar bizni,

    Baxtiyor o‘g‘il-qizni.

     

    Bir, ikki, uch deymiz,

    Birdamlikda kuch deymiz.

     

    Tog‘ havosi xushhavo,

    Tanlarga berar davo.

    Shovullaydi jo‘shqin soy,

    Sohilida so‘lim joy.

     

    Bir, ikki, uch deymiz,

    Birdamlikda

    ...
  • Yozning qaynoq kunlarida

    Mana, barchangiz intiq kutgan ta’til kunlari ham boshlandi. 2017–2018-o‘quv yilini muvaffaqiyatli tamomlab oldingiz. Buyog‘iga rejalar qanday bo‘lmoqda? Yozning uzun va qaynoq kunlarini sermazmun o‘tishi uchun nimalar bilan mashg‘ulsiz?

    Keling, yaxshisi siz o‘ylab olguncha, men jurnalxonlarimizni “Gulxan”ning avvalgi sonida aytishga ulgurolmay qolgan quyidagi qiziqarli xabarlar bilan,

    ...
  • Dilga ziyo ulashgan bayram

    Bahorning orombaxsh so‘nggi kunlari...

    Oftob nurini yerga elaydi, zamin ko‘ksini durga, ziyoga belaydi. Qushlarga shodlik ulashadi, daraxtlar bilan sassiz so‘zlashadi. Odamlar yuziga qizillik ulashadi, bir-biriga ahillik, ko‘ngilda saxiylik uyg‘otadi. Mehri va sehri bilan mudom borliqni ardoqlab kelayotgan bobo quyosh insoniyatga ana shunday ezgulik, yorug‘ xayollar

    ...
  • Iqtidorlar markazi

    E’zoza qizaloqligidayoq qo‘g‘irchog‘ini taqinchoqlar bilan bezashni o‘rgandi. Albatta, ularni o‘zi yasaydi. Turli munchoqlar va keraksiz tugmalarni yig‘ib, ulardan ajoyib gul, yaproqlar, naqshlar yaratadi. Tirishqoq nabirasining qunt bilan harakat qilayotganini ko‘rgan buvisi uni “Barkamol avlod” respublika bolalar texnik ijodiyoti markazidagi Munchoqli bezak to‘garagiga yetaklab bordi.

    ...
  • Sakrog‘ich

    Oxirgi soat jismoniy tarbiya darsi. Unga doim sakrog‘ichimni olib kelaman. Biz sport zalida saflandik. Mashg‘ulot chog‘ida sakrog‘ichni yerga tashlagim kelmay, dugonam Shirinaning cho‘ntagiga solib qo‘ydim. O‘zimning cho‘ntagim yo‘q edi-da. Vaqt ildamlab dars ham tugadi. Kun issiq bo‘lgani uchun tez uyga qaytdim. Ertasi kuni sakrog‘ichimni olaman desam, Shirina Andijonga buvisinikiga ketibdi.

    ...
  • Bolaligim

    Chingiz AYTMATOV

     

     (qissadan parcha)

     

    ...Bolaligim urush va undan keyingi yillarga to‘g‘ri kelgan. O‘sha paytlar kolxozga belgili o‘lchamda soliq rejasi solinar va yuqoridan qattiq nazorat qilinar edi. Qarzdan boshi chiqmaydigan xalq kechani kecha, kunduzni kunduz

    ...
  • Butun dunyo kulib tursin

    Odil ABDURAHMON

     

    Non qo‘shig‘i

     

    Bug‘doy nonim, shirmoy nonim,

    Shirinliging mening jonim.

    Ushog‘ingni ko‘zga surtib,

    Dadamlardan rahmat oldim.

    Dehqon bobom himmatisan,

    Taomlarning qimmatisan.

    Dasturxonning eng to‘rida

    Donolarning

    ...
  • Shamol va yomg‘ir

    Kunlarning birida o‘z kuchiga qattiq ishongan Shamol Yomg‘irga debdi:

    – Yomg‘irvoy, dunyoda hamma narsadan ko‘ra men qadrlimanmi, deyman-da. Ayniqsa, yozda meni hamma izlab qoladi. Shunday emasmi?

    – Ha, to‘g‘ri, – javob beribdi Yomg‘ir. – Sen juda keraklisan. Balki shuning uchun ham sening kuching ko‘pdir-a?

    – Albatta, men juda kuchliman. Endi sen yog‘masang ham

    ...
  • Dunyo bolalari

    Farid USMON

     

    Dunyo bolalari

     

    Biri qora, biri oq,

    Dunyoning bolalari.

     

    Biri biriga o‘rtoq,

    Dunyoning bolalari.

     

    Davra qursa xushchaqchaq,

    Dunyoning bolalari.

     

    Bo‘lar bir tizim

    ...
  • Quyosh bizga o‘xsharkan

    Umida ABDUAZIMOVA

     

    Bizga o‘xshar

     

    Yozda qaray olmasdim,

    Quyoshga.

    Tik qarasam to‘lardi

    Ko‘z yoshga.

     

    Qishda boshqacha bo‘lib

    Qolibdi,

    Bulutlarga o‘ralib

    Olibdi.

     

    Issiq kiyimlar

    ...
  • Sabzi qo‘shig‘i

    Azamat XUDOYBERGANOV

     

    Sabzi qo‘shig‘i

     

    Quyon meni aftidan

    Ko‘proq yeb qo‘ygan chog‘i.

    Bo‘yi o‘sish o‘rniga,

    O‘sib ketdi qulog‘i.

     

    Ustozlarga maslahat

    Yurmangiz afsus, deya,

    “Quloqsiz” bolalarga

    Meni qiling

    ...
  • Turar go‘yo “do‘st”, “o‘rtoq”

    – Buvijon, hali hammayoq yorug‘ ekan-ku, men negadir allaqachon kech kirib, qorong‘i bo‘lgan deb o‘ylabman, – dedi ichkaridan chiqib kelgan Jasur ko‘zlarini ishqalab.

    – Iye, bolam, sen uydamiding, nima qilding shu paytgacha, – Mukarram aya nabirasiga tashvishli qaradi. – Ranging ham oqarib ketibdi. Choy-poy ichganmisan ishqilib?

    – Nonushtadan keyin kirdim-ku. Kecha dadam yangi

    ...
  • Hunarim – hurmatim

    Bu yilgi yozgi ta’til men uchun juda samarali o‘tadigan bo‘ldi. Qanday qilib deysizmi? O‘quv yili oxirlab qolgan kunlarda maktabimizda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari orasida “Kim bo‘lsam ekan?” degan mavzuda tanlov bo‘lib o‘tdi. Ustozning aytishicha, odam kichkinaligidanoq kim bo‘lishni o‘ylashi, unga qanchalik layoqatli ekanligini bilishi va mahoratini oshirib borishi kerak ekan. Shundagina

    ...
  • Tadbirkor

    O‘quv yilining to‘rtinchi choragi ham yakunlanishiga oz qoldi. Maktabning katta zalida bu yilgi bitiruvchilar bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda maktab direktori, barcha fan o‘qituvchilari va yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi. Majlisda bir nechta fandan imtihon o‘tkazilishi va unga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish lozimligi uqtirildi. Ayniqsa, bitiruvchi sinf o‘quvchilariga ancha qiyin

    ...
  • Qo‘rquv mendan “qo‘rqadi”

    Bugun negadir xonangizda yolg‘iz uxlashga qo‘rqyapsiz. G‘ira-shira qorong‘ilik ichida nimalardir yurganday, burchakda bekinib turganday tuyulyapti. Siz uni topish uchun atrofga olazarak qaraysiz. Chunki kecha do‘stlaringiz bilan ajinalar, yalmog‘izlar, mitti odamchalar haqida “miriqib” suhbatlashdingiz. Endi esa to‘qigan cho‘pchaklaringizdan o‘zingiz qo‘rqib o‘tiribsiz. Aslida ularning hech

    ...
  • Vatanga so‘zim

    Osmoni musaffo, zamini chaman,

    Yursam yo‘llarimga mehri to‘shalgan.

    Zamoni farovon, xalqi baxtiyor

    Bormi senday o‘lka, sendayin Vatan?!

     

    Yurtim, hayotimning har bir lahzasi

    Sen bilan go‘zaldir, sen bilan to‘liq.

    Nomingni dunyoga hayqirib aytay,

    Vatan, sen tufayli toleim yorug‘!

     

    Marjona

    ...
  • Ikkining kvadrati

    Ustoz so‘rar ikkining

    Kvadrat ko‘paytmasin.

    Qo‘shimcha qilib qo‘ydi:

    “Jiming, hech kim aytmasin”.

     

    Bizning qahramonimiz

    Doskada jim turardi.

    “Aytgin”, deya Zeboga

    Ko‘p zorlanib qarardi.

     

    O‘z vaqtida Shahriyor

    Darslarini qilmadi.

    Ko‘paytmasin topdi-yu,

    Kvadratin

    ...
  • Ezgu o‘ylar

    Biz shu elning farzandlarimiz,

    Qalbi g‘urur, viqor-la toshgan.

    Izlanishdan charchamaymiz hech

    Orzulari ko‘kka tutashgan.

     

    Kamalakday serjilo biram,

    Tengdoshlarim ezgu o‘ylari.

    Biz hech kimga emasmiz qaram,

    Shu sababdan ravon yo‘llari.

     

    Alisher OROMOV,

    Qashqadaryo viloyati

    ...
  • Kulol

    Mening bobom kuloldir,

    Ishi sofdir, haloldir.

    Ko‘za yasar erta-kech,

    Tinim bilmas ishlab hech.

     

    Bobomning qo‘llari gul,

    Loyga bag‘ishlaydi jon.

    An’analar o‘lmaydi,

    Gullab-yashnaydi chunon.

     

    Jaloliddin SAYFULLAYEV,

    Navoiy viloyati Xatirchi tumani

    46-maktab 5-sinf

  • Tong

    Tong otdi. Undagi musaffolikka

    Sipqorib-sipqorib to‘ymaydi o‘pkam.

    Mahliyo bo‘lsam men bu go‘zallikka

    Dehqon-chi, dalaga ketmoqda o‘ktam.

     

    Tarqalar odamlar ish-yumushiga,

    Ammo menga nedir demoqda yurak.

    Asli tong otishi bir saodatdir

    Do‘stim, har yangi kun tongi muborak.

     

    Sabina

    ...
  • Tabiat tuhfasi

    Qishloqning havosi biram o‘zgacha,

    Maysalari yerni quchib suyadi.

    Shirin qovunlari pishar kuzgacha,

    Yozning issig‘idan tanang kuyadi.

     

    Bog‘lar o‘z ko‘rkiga mahliyo bo‘lsa,

    Tonggi shabnamlardan suv ichar yaproq.

    Kuzgi xirmonlardan omborlar to‘lsa,

    Dehqonlardan mamnun bo‘ladi tuproq.

     

    Sarvinoz

    ...
  • Quyoshjon

    Erta sahar quyoshjon bizga

    Jamolini qiladi ko‘z-ko‘z.

    Ona yurtim og‘ushida men,

    Unga dildan aytayin bir so‘z.

     

    Bobo quyosh yog‘dusi bilan,

    Yurtimizga sochilar ziyo.

    Issiq nurli oltin do‘stimiz,

    Nimanidir aytmoqchi go‘yo.

     

    Qish bo‘lsa ham, yoz bo‘lsa hamki,

    Kulib boqar bizga

    ...
  • So‘nggi qo‘ng‘iroq

    Bugun har kundan ko‘proq,

    Dilda hayajon, titroq.

    Jaranglar jajji qo‘lda

    Kelajakdan qo‘ng‘iroq.

     

    So‘nggi dars, so‘nggi saboq,

    Deb jaranglar qo‘ng‘iroq.

    Shodmiz-u ko‘zlarda nam

    Xayr, der bolalik ham.

     

    Maktab ostonasiga

    Ta’zim bilan egib bosh

    Har yon uchib ketamiz,

    Xayr endi,

    ...
  • Mehnatsevar chumoli

    Peshonasi yaltirar

    Savob ishlar qilganning.

    Mehnatsevar bo‘lishni

    Chumolidan o‘rganing.

     

    Ular juda kichkina

    Lekin sabri osmonday.

    Jam bo‘lishsa, birlashsa,

    Barcha ishlar osonday.

     

    Sitora SATTOROVA,

    Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani

    25-maktab

  • Yoz

    Yoz keldi-yu yoz keldi,

    Bolalarga soz bo‘ldi.

    Quyoshjon ishga tushar,

    Bog‘larda meva pishar.

    Gilos, uzum, shaftoli,

    Til yorar shira, boli.

    Yozda ko‘p chekar zahmat,

    Bobodehqonga rahmat.

     

    Odinaxon MAHAMATJONZODA,

    Toshkent shahar 300-maktab 7-sinf

  • Shuningdek...(2018-yil 6-son)

    Shuningdek, sahifamizga Andijon tumani 17-maktab o‘quvchisi Marjona Ne’matova, Buxoro shahar 34-maktab 5-sinf o‘quvchisi Dilnoza Haydarova, Xorazm viloyati Urganch shahar 1-maktab 6-sinf o‘quvchisi Sohiba Ro‘zmetova,Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani 125-maktab o‘quvchisi Sohibjon Xolboyev,Samarqand viloyati Pastdarg‘om

    ...
  • Jiyda

    Bahor kelib jiyda gulining kishini mast qiluvchi o‘tkir ifori atrofga taralibdi. Uning yonidan o‘tganlar bu daraxtning ajib atridan, go‘zalligidan zavqlanib tomosha qilisharmish. Nainki odamlar, hatto bolarilar, tillaqo‘ng‘izlar, turli qushlar ham jiydaning shirin bo‘yidan sarmast bo‘lib, atrofidan ketolmas ekan. Tabiatning bu jajji mavjudotlari bir kuni bahslashib qolishibdi:

    – Nima

    ...
  • Adolatli hokim

    Qadim zamonda juda olis tomonda ko‘rkam bir shahar bo‘lgan ekan. Shaharni aqlli, xalqparvar, adolatli hokim boshqarar ekan. U har bozor kuni oddiy fuqaro libosini kiyib xalq orasida yurar, qanday hodisa va yangiliklar bo‘lsa, barchasidan xabardor ekan. Hokimning xizmatkorlari buni bilmas ekanlar. Shunday kunlarning birida bozor aylanib yurgan hokim o‘z o‘g‘lini bir navkari bilan ko‘rib

    ...
  • Bitta gol – chempionmiz

    Epchilsiz, chaqqonsiz, jasur va shijoatlisiz. Sport bilan shug‘ullanasiz, ayniqsa, o‘g‘il bolalar futbolni juda yaxshi ko‘radi. Barchangiz unga muxlissiz. Ammo, orangizda tengdoshlariga havas qilgani bilan o‘zini ortiqcha urintirgisi kelmaydigan bolalar ham bor. Bu bolalarga maslahatim – futbol to‘garagiga a’zo bo‘lishsin. Chunki futbolchilar mashg‘ulot davomida yugurish deysizmi, sakrash,

    ...
  • Ohangaronlik kurashchi

    Qurolli Kuchlar faxriysi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Iskandar RAHMONning siz bolalar uchun harbiy-vatanparvarlik mavzusida ko‘plab nazmiy va nasriy asarlari e’lon qilingan. Qator she’rlariga kuy bastalanib, xalqimizning ma’naviy mulkiga aylangan qo‘shiqlar yaratilgan.

    Ijodkorning sahifada muqovasi aks etgan “Olovli yillar yodi” to‘plami

    ...
  • Sirli olam bag‘rida

    Bolalar, orangizda osmonda chaqmoq chaqqanda, momaqaldiroq gumburlaganda qo‘rqib ketadiganlar talaygina, to‘g‘rimi? Agar siz fizika fanini qunt bilan o‘rgansangiz, bu qo‘rquv bo‘lmaydi, aksincha, tabiatda sodir bo‘ladigan har bir hodisani aql ko‘zi bilan ko‘radigan bo‘lasiz. Tabiatning barcha mo‘jizalari va injiqliklari bilan uyg‘un, do‘stona yashashni o‘rganasiz. Aslida nafaqat fizika,

    ...
  • Изучаем русский язык (2018-yil 6-son)

    Шарик

     

    Было лето. Мама, папа, Маша и Миша отправились отдыхать. Они ехали в машине вместе со своим псом Шариком. На полянке у речки машина остановилась, и все стали устраиваться на отдых. Папа стал готовить шашлык, мама кипятила чай. Маша и Миша наблюдали за лягушкой. Шарик нашёл большую палку и играл сней. Потом ели шашлык,

    ...
  • Sichqoncha sarguzashtlari

    Kitobning nomini o‘qib qiziqib qoldingiz-a?! “Sichqonchaning qanday sarguzashtlari bor ekan?” degan savol ham tug‘ildi, to‘g‘rimi? “Sichqoncha sarguzashtlari” – ertak doston bo‘lib, unda tirishqoq sichqonchaning xasta onasining sog‘ayib ketishi yo‘lida amalga oshirgan jonbozliklari hamda boshiga tushgan sinovlarni qanday yenggani qiziqarli tasvirlanadi.

    Bolalar shoiri

    ...
  • English time (2018-yil 6-son)

    Kindness

     

    There were a lot of animals. They were horses, donkey, cow, goat, ship. Animals were clever, kind, friendly and honest. One day they were very hungry. Then they were going to the garden and went together because they did not have anything to eat. There were a lot of grasses in the garden. While they were eating

    ...
  • Yovvoyi o‘rdaklar

    Ular g‘oyat sezgir va ehtiyotkorligi bilan boshqa ko‘chmanchi qushlardan farq qiladi. Biz ushbu beozor jonivorlarni G‘allaorol tumanidagi Qorovultepa suv ombori qirg‘oqlarida uchratdik. Ular gala hosil qilib havoga ko‘tarilayotganida qanotlarini qattiq-qattiq qoqib “vit-vit”lab baland tovushda qichqirishdi. Bu ularning dushmanlaridan himoyalanish usuli ekan. Ular ko‘l va suv havzasi

    ...
  • Berkinmachoq

    Donald BISSET

     

    Bir kuni Zulmat Oy bilan berkinmachoq o‘ynabdi. U uylar, mo‘rilar ortiga o‘tib olib, oy nuri yetib kelgunicha o‘sha yerda berkinib o‘tiribdi. Ba’zida esa ko‘chada daydib yurgan it yoki mushukning orqasiga yashirinib olibdi. Xullas, Oydan berkinish unga qiyinchilik tug‘dirmabdi.

    Lekin Quyosh chiqqanidan

    ...
  • Koptok

    Bolakaylar o‘ynashar

    Tap-tap urishib yerga.

    Bechorani qiynashar

    Tepishib birga-birga.

    Bolalarni sevar koptok

    Shunga qochib ketmaydi.

    Do‘stga shodlik ulashish,

    Bunga hech ne yetmaydi.

     

     

    Ertakmi yoki sehr

     

    Buvim ertak aytganda,

    Darrov uxlaydi

    ...
  • “Gulxan”da xanda

    ***

    – Ota, siz yumuq ko‘z bilan imzo qo‘ya olasizmi?

    – Ha, nimaga so‘rayapsan?

    – Unda ko‘zlaringizni yumib, kundaligimga imzo qo‘yib bering.

     

    ***

    – Jim bo‘linglar, pashsha uchsa, ovozi eshitilsin! – dedi yangi dars boshlagan o‘qituvchi.

    Hamma jim bo‘ldi. Bir necha daqiqadan keyin Petya chidolmay, sekingina so‘radi:

    – Ustoz,

    ...
  • Topishmoqlar

    ***

    Kuz oxirlab pishadi

    Daraxtga berib chiroy.

    Ta’mi qiyomdek shirin,

    Asl vatani Xitoy.

    Javobin topchi, Ra’no,

    Bumi dadajon...

     

    ***

    O‘zi mayda mevadir,

    Murabbosi shirali.

    Yozda bo‘ladi mo‘l-ko‘l,

    Shamollashga foydali.

    Sen ayt qizim, Madina

    Bumi,

    ...
  • Ko‘katli quymoq

    4 ta tuxumni kichikroq idishga chaqib, tuz sepib, yaxshilab atalab olinadi. Keyin yarim bog‘dan mayda to‘g‘ralgan ko‘katlar idishdagi tuxumga qo‘shiladi. Hammasi aralashtiriladi. Tovadagi 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i qizigandan keyin aralashmani quyib, qoshiq bilan tekislanadi. Usti qopqoq bilan yopiladi. 1–1,5 daqiqadan keyin quymoq biskvitga o‘xshab pishadi.

  • Kokosli pryanik

    Kerakli mahsulotlar:200 gramm margarin, 1 stakan shakar, 2 ta tuxum, 2 stakan un, 100 gramm yong‘oq, 1 stakan kokos, vanilin va bir chimdim iste’mol sodasi.

    Tayyorlanishi:Margarinni eritib, shakar, tuxum, soda, vanilin va un qo‘shib, yumshoqqina xamir qoriladi. Keyin undan yong‘oqdek zuvalachalar yasab, har birining ichiga tozalangan yong‘oq

    ...
  • Foydali maslahatlar

    1. Oshxona pichoqlari qoshiq va sanchqilar bilan saqlansa, o‘tmas bo‘lib qoladi.

    2. Piyoz to‘g‘rayotganda ko‘z yoshlanmasligi uchun pichoq uchiga yumshoq non bo‘lagini tiqib oling.

    3. Agar yog‘ga choy qoshiq uchida shakar qo‘shilsa, piyoz yaxshiroq qizaradi.

    4.Salat uchun to‘g‘ralgan mevalarga limon

    ...
  • “Jahon futboli” chaynvordi

    000

    Chaynvord:

    1. 1.Futbol bo‘yicha birinchi jahon chempionati o‘tkazilgan mamlakat. 2. Osiyo qit’asining eng kuchli terma jamoasi. 3. Futbol vatani. 4. Qit’aga nomdosh terma jamoa. 5. Futbol buyumlari ishlab chiqaruvchi
    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.