Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Vatanga so‘zim

Osmoni musaffo, zamini chaman,

Yursam yo‘llarimga mehri to‘shalgan.

Zamoni farovon, xalqi baxtiyor

Bormi senday o‘lka, sendayin Vatan?!

 

Yurtim, hayotimning har bir lahzasi

Sen bilan go‘zaldir, sen bilan to‘liq.

Nomingni dunyoga hayqirib aytay,

Vatan, sen tufayli toleim yorug‘!

 

Marjona HABIBULLAYEVA,

Toshkent viloyati Bekobod tumani

38-maktab 6-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.