Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ikkining kvadrati

Ustoz so‘rar ikkining

Kvadrat ko‘paytmasin.

Qo‘shimcha qilib qo‘ydi:

“Jiming, hech kim aytmasin”.

 

Bizning qahramonimiz

Doskada jim turardi.

“Aytgin”, deya Zeboga

Ko‘p zorlanib qarardi.

 

O‘z vaqtida Shahriyor

Darslarini qilmadi.

Ko‘paytmasin topdi-yu,

Kvadratin bilmadi.

 

Iroda XOLBEKOVA,

Jizzax shahar H. Olimjon va

Zulfiya nomidagi maktab-internati, 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.