Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Tong

Tong otdi. Undagi musaffolikka

Sipqorib-sipqorib to‘ymaydi o‘pkam.

Mahliyo bo‘lsam men bu go‘zallikka

Dehqon-chi, dalaga ketmoqda o‘ktam.

 

Tarqalar odamlar ish-yumushiga,

Ammo menga nedir demoqda yurak.

Asli tong otishi bir saodatdir

Do‘stim, har yangi kun tongi muborak.

 

Sabina YANGIBOYEVA,

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani

44-maktab 10-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.