Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Tabiat tuhfasi

Qishloqning havosi biram o‘zgacha,

Maysalari yerni quchib suyadi.

Shirin qovunlari pishar kuzgacha,

Yozning issig‘idan tanang kuyadi.

 

Bog‘lar o‘z ko‘rkiga mahliyo bo‘lsa,

Tonggi shabnamlardan suv ichar yaproq.

Kuzgi xirmonlardan omborlar to‘lsa,

Dehqonlardan mamnun bo‘ladi tuproq.

 

Sarvinoz TULIYEVA,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

To‘rtko‘l akademik litseyi o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.