Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Quyoshjon

Erta sahar quyoshjon bizga

Jamolini qiladi ko‘z-ko‘z.

Ona yurtim og‘ushida men,

Unga dildan aytayin bir so‘z.

 

Bobo quyosh yog‘dusi bilan,

Yurtimizga sochilar ziyo.

Issiq nurli oltin do‘stimiz,

Nimanidir aytmoqchi go‘yo.

 

Qish bo‘lsa ham, yoz bo‘lsa hamki,

Kulib boqar bizga osmondan.

Xabar olib hech charchamaydi,

Saxovatli O‘zbekistondan.

 

Nozima DAVLETOVA,

Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani

1-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.