Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

So‘nggi qo‘ng‘iroq

Bugun har kundan ko‘proq,

Dilda hayajon, titroq.

Jaranglar jajji qo‘lda

Kelajakdan qo‘ng‘iroq.

 

So‘nggi dars, so‘nggi saboq,

Deb jaranglar qo‘ng‘iroq.

Shodmiz-u ko‘zlarda nam

Xayr, der bolalik ham.

 

Maktab ostonasiga

Ta’zim bilan egib bosh

Har yon uchib ketamiz,

Xayr endi, sinfdosh.

 

Navbahor AHMEDOVA,

Jizzax viloyati Forish tumani

2-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.