Kokosli pryanik
Kerakli mahsulotlar: 200 gramm margarin, 1 stakan shakar, 2 ta tuxum, 2 stakan un, 100 gramm yong‘oq, 1 stakan kokos, vanilin va bir chimdim iste’mol sodasi.
Tayyorlanishi: Margarinni eritib, shakar, tuxum, soda, vanilin va un qo‘shib, yumshoqqina xamir qoriladi. Keyin undan yong‘oqdek zuvalachalar yasab, har birining ichiga tozalangan yong‘oq solinadi. Pryanikchalar 30 daqiqa davomida gaz pechida pishadi. Issiqligida ustiga kokos sepiladi. Ularni eritilgan shokoladga botirib olsangiz ham bo‘ladi.