- Rukn: Sheʼrlar
- 1818 marta ko‘rilgan
Marsh qo‘shig‘i
O‘zbekiston tog‘lari
Yozgi ta’til chog‘lari
Bag‘riga olar bizni,
Baxtiyor o‘g‘il-qizni.
Bir, ikki, uch deymiz,
Birdamlikda kuch deymiz.
Tog‘ havosi xushhavo,
Tanlarga berar davo.
Shovullaydi jo‘shqin soy,
Sohilida so‘lim joy.
Bir, ikki, uch deymiz,
Birdamlikda kuch deymiz.
Chopamiz, chiniqamiz,
Dam olib miriqamiz.
Oftobga do‘st bo‘lamiz,
Rosa o‘ynab kulamiz.
Bir, ikki, uch deymiz,
Birdamlikda kuch deymiz.
Davraga kel, tez o‘rtoq,
Oromgoh kutar mushtoq.
Bizni bag‘riga chorlar,
Ko‘ksida mehr porlar.
Bir, ikki, uch deymiz,
Birdamlikda kuch deymiz.
Muhabbat HAMIDOVA