Koptok
Bolakaylar o‘ynashar
Tap-tap urishib yerga.
Bechorani qiynashar
Tepishib birga-birga.
Bolalarni sevar koptok
Shunga qochib ketmaydi.
Do‘stga shodlik ulashish,
Bunga hech ne yetmaydi.
Ertakmi yoki sehr
Buvim ertak aytganda,
Darrov uxlaydi singlim.
Men ham ertak eshitsam,
Boshqacha bo‘lar ko‘nglim.
Nega ertak tugamay,
Uxlab qolamiz axir?
Balki ertak bag‘rida
Yashasa kerak sehr.
Gulshoda QURBONOVA,
Buxoro viloyati Vobkent tumani