Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Quyosh bizga o‘xsharkan

Umida ABDUAZIMOVA

 

Bizga o‘xshar

 

Yozda qaray olmasdim,

Quyoshga.

Tik qarasam to‘lardi

Ko‘z yoshga.

 

Qishda boshqacha bo‘lib

Qolibdi,

Bulutlarga o‘ralib

Olibdi.

 

Issiq kiyimlar kiyib

Yuribman.

Quyoshga tik qarab

Turibman.

 

Yoqimli xayollarga

Berildim.

Quyosh bizga o‘xsharkan,

Deb bildim.

 

 

Chaqmoq

 

Chaqmoq chaqdi,

Chaqmoq chaqdi.

O‘t-o‘lanlar

Marjon taqdi.

 

Soching o‘sar yomg‘irda.

Qoning jo‘shar yomg‘irda.

Yalang oyoq yur, qani!

Dalaga yugur, qani!

 

O‘t-o‘lanlar marjoni,

Qo‘ng‘iroqgullar joni.

Yomg‘irni chorlab kelar,

Qilichi porlab kelar.

 

Chaqmoq chalg‘itmoq bo‘lar.

Balki uyg‘otmoq bo‘lar,

Qo‘rqoqlarni qo‘rquvdan,

Uxloqlarni uyqudan?..

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.