Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Topishmoqlar

Makoni uy, lek unda

Yashashga yoʻq hech toqat.

Soʻngsiz koʻkka intilib,

Gʻoyib boʻlar u faqat.

 

* * *

Toʻrt fasl ham tushmaydi

Oq qalpogʻi boshidan,

Paydo boʻlar daryolar

Uning koʻzi yoshidan.

 

* * *

Ikki oʻrtoq olamni

Birga kuzatar har on.

Biroq ular bir-birin

Koʻra olmas hech qachon.

Uning bajargan ishi

Tikuvchiga emas xos.

Biroq borliqqa oʻlchab

Kiydirar goʻzal libos.

 

* * *

Mitti yulduz misoli

Koʻkatlarga qoʻnar u.

Tong otib, quyosh chiqqach,

Oʻz-oʻzidan soʻnar u.

 

* * *

U shunchalar moʻl boylik,

Ishlatar hamma odam.

Lek qancha sarf boʻlmasin

Kamaymaydi zarra ham.

 

 

T. BOʻTAYEV

1985-yil 10-son

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.