Yangi yil tabassumi
– Oyijon, dadam Qorbobodan oldin keladilarmi yoki keyinroqmi?
– Oldin, albatta.
– Hayriyat!
– Nega unday deyapsan?
– Chunki Qorboboning soqoli dadamning javonlarida-da.
***
– Qorbobo, yuring, uyimizga kirib dam oling.
– Iloji yoʻq boʻtam, issiqda erib ketaman. Ammo bir piyola qaynoqqina choy boʻlsa, yoʻq demasdim.
***
– Qorbobo, bergan sovgʻangiz uchun rahmat!
– Arzimaydi, boʻtam.
– Men ham shunday dedim. Ammo oyim, baribir rahmat deyish kerak, dedilar-da.