Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2019-yil 12-son

  • Yangi yil shukuhi

    Yurtim maydonlarida

    Archalar koʻtardi qad.

    Yangi yilning shukuhi

    Kezar bilmayin sarhad.

     

    Rang-barang chiroqlardan

    Munchoq taqdi koʻchalar.

    Diling yayrab ketadi,

    Sayrga chiqqan kechalar.

     

    Intilar saylgohga

    Katta-kichik ushlab qoʻl.

    Rastalarda sovgʻayu,

    Shirinliklar moʻl-u

    ...
  • Gʻalvir suvdan koʻtarilganda

    “Gulxan”ning qadrli muxlislari! Siz bilan 2019-yilning soʻnggi – dekabr soni orqali uchrashib turibmiz. Yil davomida tayyorlagan jurnallarimizni varaqlar ekanman, ijodiy jamoamizdan, hamkor mualliflarimizdan juda minnatdor boʻldim. Chunki “Gulxan”ning har bir yangi sonini tayyorlash nihoyatda zahmat talab qiladi. Jurnal sahifasida bitta yaxshi hikoya yoki ertakni chop etish uchun oʻnlab

    ...
  • Ilm istagan koʻngil

    Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Xalq taʼlimi aʼlochisi, “Shuhrat” medali sohibasi, shoira Umida ABDUAZIMOVAni hammangiz yaxshi taniysiz. Umida opa uzoq yillar “Tong yulduzi” gazetasi va “Gʻuncha” jurnaliga bosh muharrirlik qilgan. Ajoyib ijodkor “Bir bola”, “Akamning kitobi”, “Bogʻlarda bahor”, “Burch”, “Aql qaymogʻi”, “Qimmatbaho tosh”, “Oyqiz haqida

    ...
  • Men elimning yuragida yashayman

    Bolalik kunlarimda,

    Uyqusiz tunlarimda,

    Koʻp ertak eshitardim,

    Soʻylab berardi buvim...

    Har birimizning qulogʻimizga va qalbimizga bir oʻqishdayoq oʻrnashib qolgan ushbu satrlar muallifi, oʻzbek adabiyotining benazir vakillaridan biri Hamid Olimjon chindan ham bolaligidanoq adabiyotga oshno boʻlgan. Onasi Komila aya aytib

    ...
  • Iqtidorsiz bola boʻlmaydi

    Chiqish qoʻngʻirogʻi chalinganda Hasan sinf jurnalini yigʻishtirayotgan ustozining oldiga keldi-da, astagina pichirladi:

    – Dildora opa, “Oʻqish”dan bergan vazifangizni tayyorlab keldim. Iltimos, hozir soʻrang.

    – Tayyorlangan boʻlsang, darsda soʻray qolay. Hozir tanaffus, dars boshlanishi bilan birinchi boʻlib sendan soʻrayman.

    – Ustoz, oyim ham iltimos qildilar. Akam

    ...
  • Diqqat, tanlov!

    “Gulxan”ga doʻst boʻlganlar, ijod zavqin tuyganlar, eshitmadim demanglar! “Oʻzbekiston pochtasi” AJ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan Respublika miqyosida 2020-yil 15-yanvardan 20-martgacha “Yil fasllari” mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkaziladi.

    Tanlovda 8 yoshdan 12

    ...
  • “Momiq parga oʻxshaydi...”

    Laylak qor

    Bibisoraning qoʻshigʻi

     

    Uchib tushgan laylak qor,

    Momiq parga oʻxshaydi.

    Toʻkilishi maftunkor,

    Munchoq – zarga oʻxshaydi.

     

    Laylak qor, laylak qor,

    Koʻngillarni yayrat, qor!

     

    Qoʻlim tutsam, kaftimga

    Kapalakday qoʻnadi.

    Naqshi hayratga

    ...
  • Kitob – kuch

    Kitob sevgan insonga

    Kitob erur xazina.

    Kitob oʻqimaganlar

    Oʻzidan qilsin gina.

     

    Kitobsiz uy zim-ziyo,

    Yoʻqdir tuynuk, eshigi.

    Zulmat uni qurshaydi,

    Allalamas beshigi.

     

    Kuch boʻlsa – kuch topilar

    Pashshada ham, baliqda.

    Savodsizlik shiori

    Hammaga bir

    ...
  • “Garchi koʻkda uchmaymiz...”

    Shirin burun

    – Bilmam qanday turibsiz

    Bu suronda, Qorbobo?

    Sovuq qotmadingizmi

    Qorboʻronda, Qorbobo?

     

    – Yaralganman qor, muzdan,

    Sovuq oʻtmas bu jondan,

    Faqat sabzi burnim-chun

    Hadigim bor quyondan.

     

    Tovuqning aytgani

    Garchi koʻkda

    ...
  • Ola

    Salom, doʻstim! Yana oldingga keldim... Esingdami, seni koʻchadan topib olganimda hali sutdan chiqmagan kuchukcha eding.

    Yodimda, mayus koʻzlaringni yoʻlimga tikib, uyimiz yonida yotgancha oʻqishdan qaytishimni kutarding. Muyulishdan koʻrinishim bilan men tomon chopib kelib, jonsiz oyogʻimga suykalib erkalanarding. Bular hech qachon xayolimdan ketgani yoʻq.

    ...
  • Boʻyra tilsimi

    Tasma ortiga yashiringan harflarni sinchkovlik bilan topib, katak ichidagi harflarga qoʻshib oʻqisangiz Abu Ali ibn Sinoning sogʻliq haqidagi hikmatli soʻzini bilib olasiz.

    Tuzuvchi: Anvar MIRZAZODA

  • Tuhmatning ogʻir toshi

    Tahririyatdan: Jurnalimizning 2019-yil 9-sonida “Kim aybdor?” deb nomlangan mulohazali voqea chop etilgach, mavzu yuzasidan tahririyatga bir nechta maktub keldi. Maʼlumki, oʻqituvchi bilan oʻquvchi, ota-ona va farzand, maktab rahbari va oilalar oʻrtasida baʼzan uchrab turadigan kelishmovchilik, tushunmovchiliklar atrofdagilarning kayfiyatiga, ustozlarning ish

    ...
  • Kitobning qimmati

    Gulnora xolaning uyida kattagina kutubxona bor. Chunki u har gal bozorga tushganida bolalariga shirinliklarga qoʻshib bitta yoki ikkita badiiy kitob ham olib keladi. Xolaning oʻgʻillari Nortoy bilan Norboy qizlari Gulmira va Naziralar boʻsh vaqt topdi deguncha kutubxonalariga kirib kitob oʻqishga tutinishadi. Chunki Gulnora xola olib kelgan kitobini avval oʻzi oʻqib oladi-da, qiziq-qiziq

    ...
  • Hayotimiz xaritasi

    Davlatimizning bosh qonuni Konstitutsiya fuqarolarimizning eng yaqin doʻsti, himoyachisi va haq-huquqlari kafolatidir. Kundalik hayotimizda qonun bilan bogʻliq juda koʻp hodisalarga duch kelamiz. Telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarda huquqiy savodxonlikka oid dasturlarni koʻp bora kuzatamiz. Baʼzan qonunlar buzilishi, ularga amal qilmaslik qanday koʻngilsizliklarga olib kelishi

    ...
  • Ulugʻimsan

    Shoirlar madhida dostonim,

    Kunday goʻzal, aziz boʻstonim.

    Istiqloldan yashnagan diyor,

    Ona yurtim, Oʻzbekistonim.

     

    Ulugʻlardan ulugʻ Vatanim,

    Men eʼzozlab, suyar chamanim.

    Ozod yurtim, keng, obod yurtim,

    Sen – muqaddas, tengsiz maskanim.

     

    Quchogʻingda qilyapmiz ijod,

    Ilmsevar, barkamol

    ...
  • Yurtim madhi

    Yurtim, quchogʻingda unib, oʻsaman,

    Yayrayman, yashnayman, shodon kulaman.

    Aʼlo baholarga oʻqib albatta,

    Koringga yarovchi farzand boʻlaman.

     

    Shunda men oʻzbekning qiziman, deyman,

    Toʻmaris momomning iziman deyman.

    Jahon maydonida noming ulugʻlab,

    Ozod yurtning erka soʻziman, deyman.

     

    Robiya

    ...
  • Qishda

    Qishning ayoz kunlari,

    Qor yogʻadi tunlari.

    Qargʻa uchar har taraf,

    Qagʻillar: “Qishga sharaf”.

    Tabiatdir oppoq rang,

    Qanday chiroyli qarang.

    Shodliklarga toʻlar dil,

    Kirib kelar Yangi yil!

     

    Azizbek MUSTAFOQULOV,

    Samarqand shahar

    64-maktab 5-sinf

  • Vatanim

    Togʻlaridir purviqor,

    Bogʻlari xoʻp maftunkor,

    Olam ichra betakror

    Mening ona vatanim.

     

    Gullari nafis anbar,

    Boyligi oltin, marmar,

    Quyoshi sochadi zar,

    Mening ona Vatanim.

     

    Ozodbek TURSUNOV,

    Qashqadaryo viloyati Koson tumani

    17-maktab 6-sinf

  • Tabiat

    Erta sahar uyqudan turib,

    Nafasingni his etdim har vaqt.

    Goʻzal ruxsoringni musaffo koʻrib,

    Seni jonim dedim, jonim tabiat.

     

    Koʻrkingga koʻrk qoʻshar daraxtlar, gullar,

    Taʼrifing kuylashga ojiz bulbullar.

    Mehringni sezgan chogʻ yayrar koʻngillar,

    Seni jonim dedim, jonim tabiat.

     

    Bagʻringda ulgʻayar

    ...
  • Yangi yil

    Yana keldi Yangi yil

    Barchamiz bayramga taxt.

    Qorbobojon, sovgʻa qil

    Hammaga chiroyli baxt.

     

    Bezatilgan archamiz

    Koʻpchilikka andoza.

    Atrofida aylanib,

    Oʻynaymiz qilib mazza.

     

    Mushtariyxon RASULOVA,

    Muhammad Yusuf nomli ijod maktabi, 7-sinf

  • “Qaqnus” adabiy toʻgaragi aʼzolari ijodidan

    Saxiy bola

    Polizda palak-palak,

    Pishib yotar handalak.

    Barchasini bir oʻzim

    Tera olmayin halak.

    Kelinglar, bizning qirga,

    Tatib koʻramiz birga.

    Soʻng dehqon bobomizga

    Aytamiz goʻzal tilak.

     

    Javohir AKROMOV

     
    ...

  • Momo

    Bor ekan-da, yoʻq ekan, qadim-qadim zamonda qurama togʻ tomonda Mehr deb atalgan soʻlim qishloq boʻlgan ekan. Qishloq aholisini mehrlilar deb atashar ekan. Mehrlilar bir-birlari bilan juda ahil ekanlar-u ammo, shundoqqina yonlaridagi Oqibat qishlogʻida yashaydigan odamlar bilan umuman bordi-keldi qilishmas ekan. Mehr qishlogʻining oqsoqoli bir kuni muhim muammoni hal qilishda uzoq oʻylanibdi.

    ...
  • Kim yaxshi ertak yozadi?

    Bor ekan-da, yoʻq ekan, och ekan-da, toʻq ekan, shunday tinchlik zamonda, bizga yaqin oʻrmonda judayam bolajon Uzunquloq Quyonboyevlar oilasi yashar ekan. Uzunquloq togʻaning oz emas, koʻp emas, naq yettita bolasi bor ekan. Aka-uka, opa-singillar nihoyatda ahil va juda mehnatkash ekan. Hosil yigʻim-terimi avjiga chiqqan kuz chogʻida quyon bolalar oʻrmondan uncha uzoq boʻlmagan ekinzorga

    ...
  • Dunyoni zabt etgan taʼlim

    Shveytsariya –dunyoda sayyohlar eng koʻp boradigan mamlakatlardan biri sanaladi. Bu oʻlka chet elliklarni nafaqat betakror tabiati, purviqor togʻlari, yuqori sifatli taʼlim tizimi bilan ham oʻziga jalb qiladi.

    Kuzatuvlarga koʻra, jahonga mashhur siyosatchilar, davlat arboblari, yirik tadbirkorlarning koʻpchiligi Shveytsariyada taʼlim olgan.

    ...
  • Yoʻl chetidagi kuchuk

    Nasiba choyini apil-tapil ichgancha maktabga yugurdi. Lekin yoʻl chekkasida yotgan koʻzlari maʼyus kuchukchani koʻrdi-yu taqqa toʻxtadi.

    “Bechoraning ochlikdan sillasi quridimikan, yoki tunda begona kuchuklar taladimikan? Biror narsa yeyishi kerak. Ovqat yesa, sogʻayib ketadi”, degancha undan uzoqlashdi.

    Darsdan qaytayotib qarasa, it hamon oʻsha yerda yotibdi. Nasiba uni

    ...
  • Что хотел сказать снеговик?

    Заканчивается последний урок. Гульшода с умилением смотрит в окно на падающий снег. Снежинки летают, кружатся как тысячи бабочек. Повсюду белым-бело. Во дворе её уже ожидают подружки: Рахшона, Нигина и Хуршида. Гульшода представила, как она играет с девочками в снежки, лепит снеговика. Как здорово!

    Вот и прозвенел долгожданный звонок! Ура!

    Но тут неожиданно в класс вошёл

    ...
  • Do what you like, like what do you

    Steve Jobs

     

    Knowledge can be found everywhere, dreams come true and if you have tenacity, zeal and perseverance, you can reach everything you want.

    To begin with, I would like to ask you some ordinary questions:

    – Are you optimistic about the future?

    – Do you have a satisfying activity as well as studying your

    ...
  • Zakovat zavollari

    1. Uning hozirgacha 1500 xil koʻrinishi aniqlangan. Sibirda undan pul oʻrnida foydalanishgani haqida maʼlumotlar bor. Raqamlarga qiziquvchilarning fikriga koʻra, bir soniyada undan 2 millionga yaqin odam “foydalanar” – isteʼmol qilar ekan! Osiyoning bir mamlakatida boʻlib oʻtgan auksionda 100 grammi 68 ming dollarga baholangan ekan.

    Savol: agar siz gap nima haqida borayotganini topgan

    ...
  • Eng... Eng... Eng...

    Buqami bu yo?

    Kamerun va Angola koʻlmaklarida yashovchi Goliaf nomli baqa dunyodagi barcha baqalarning polvoni ekan. Uning boʻyi 76 santimetr, boshi 33 santimetr, oyoqlarining uzunligi salkam yarim metr, ogʻirligi naq 5 kilogramm. Tavba qildim, hovuzimizdan ana shunday bahaybat baqa kallasini chiqarib baqrayib tursa, holimiz nima

    ...
  • Tuz qadri

    Qadim zamonda bir podshohning uch qizi boʻlgan ekan. Bir kuni podshoh qizlarini yoniga chaqirib:

    – Meni qanchalik yaxshi koʻrasiz? – deb soʻrabdi.

    Katta qizi “dunyolar qadar” debdi, oʻrtancha qizi “quchoq-quchoq mehr bilan” debdi qulochini keng yozib. Podsho xursand boʻlib qizlarini bagʻriga bosibdi. Keyin oʻylanib qolgan kenja qiziga qarab, nahotki menga boʻlgan mehriga

    ...
  • Kitob bilan yoz-u qish

    Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 44-maktabda taniqli bolalar shoiri – tabiat kuychisi Raim Farhodiy bilan boʻlgan ijodiy uchrashuv har doimgidan oʻzgacha kayfiyatda oʻtdi. Bu haqda shoirning taassurotlariga quloq tutamiz:

    – Yogʻib oʻtgan birinchi qordan soʻng maktab zali va yoʻlaklaridagi gullar menga bahor tarovatini eslatdi. Goʻyoki oʻsimliklar galereyasi edi ular. Gullar orasiga

    ...
  • Doʻstlik davom etadi

    Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 231-maktabda tuman miqyosida respublika taʼlim nashrlarining bir guruh xodimlari ishtirokida “Matbuot kunlari” boʻlib oʻtdi. Tuman maktablarining ijodkor oʻqituvchi, oʻquvchilari bolalar maʼnaviyatini oshirish, ular qalbida badiiy adabiyotga muhabbat uygʻotish uchun harakat qilayotgan maʼrifat ziyokorlari – kutubxonachilar bilan boʻlgan uchrashuv

    ...
  • Qorboboning tugʻilgan kuni

    Yangi yil kunida biz quvonch bilan kutadigan, sovgʻalar bilan birga yoshimizga yosh qoʻshib beradigan Qorboboning tugʻilgan kuni qachonligini bilasizmi? Aslo, 31-dekabr yoki 1-yanvar deb oʻylamang, xato qilasiz.

    Qorbobo 18-noyabrda tugʻilgan ekan. Ishonmasangiz oʻsha kuni Rossiyaning Vologda viloyatidagi Velikiy maydoni, Buyuk Ustyug tepaligiga keling. Chunki Qorbobo tavallud kunini

    ...
  • Yangi yil tabassumi

    – Oyijon, dadam Qorbobodan oldin keladilarmi yoki keyinroqmi?

    – Oldin, albatta.

    – Hayriyat!

    – Nega unday deyapsan?

    – Chunki Qorboboning soqoli dadamning javonlarida-da.

     

    ***

    – Qorbobo, yuring, uyimizga kirib dam oling.

    – Iloji yoʻq boʻtam, issiqda erib ketaman. Ammo bir piyola qaynoqqina choy boʻlsa, yoʻq

    ...
  • Qorbuvi

    Tuni bilan rosa qor yogʻdi. Ravshan bobo tongda hovlidagi qorlarni kurab, bir yerga uyub qoʻydi.

    – Voy, buncha koʻp qor, – quvonib ketdi Firdavs. – Bobojon, endi Qorbobo yasaymizmi?

    – Yasaymiz! – bobo bilan nabira ishga kirishib ketishdi.

    – Bobojon, boshiga chelak kiydirib qoʻyamizmi? – soʻradi Firdavs Qorboboning qizil sabzili burni-yu, qop-qora koʻmir koʻzlari

    ...
  • Tohir Malik

    Tohir Malik (Tohir Hobilov) 1946-yilning 27-dekabrida ziyoli oilada dunyoga keldi.

    Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakulteti kechki boʻlimida oʻqidi. Qurilishda duradgor, gʻisht teruvchi boʻlib ishladi. Keyinchalik hozirgi “Tong yulduzi” gazetasida adabiy xodim, boʻlim boshligʻi vazifalarida faoliyat yurutdi (1966).

    Harbiy xizmatni oʻtab qaytgach,

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.