Kim yaxshi ertak yozadi?
Bor ekan-da, yoʻq ekan, och ekan-da, toʻq ekan, shunday tinchlik zamonda, bizga yaqin oʻrmonda judayam bolajon Uzunquloq Quyonboyevlar oilasi yashar ekan. Uzunquloq togʻaning oz emas, koʻp emas, naq yettita bolasi bor ekan. Aka-uka, opa-singillar nihoyatda ahil va juda mehnatkash ekan. Hosil yigʻim-terimi avjiga chiqqan kuz chogʻida quyon bolalar oʻrmondan uncha uzoq boʻlmagan ekinzorga borishibdi...
Borishibdi-yu... “E, borishganini bildik, uyogʻini ayting” deysizmi? Yoʻq aytolmaymiz, hamma gap shundaki, borganlaridan keyin dalada qanday voqealar yuz berganini siz, ertaksevar ijodkor bolalar, rasmlarga qarab davom ettiring va bizga yozib yuboring. Eng qiziqarli, sarguzashtlarga boy ertaklar jurnalimizda eʼlon qilinadi. Gʻolibga mukofotimiz ham bor. Shoshiling, ertaklaringizni kutamiz. Uni telegram yoki elektron pochtamiz orqali ham joʻnatsangiz boʻladi. Landi, landi...ertagimiz boshlandi.
Gulxanjon