Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Qaqnus” adabiy toʻgaragi aʼzolari ijodidan

Saxiy bola

Polizda palak-palak,

Pishib yotar handalak.

Barchasini bir oʻzim

Tera olmayin halak.

Kelinglar, bizning qirga,

Tatib koʻramiz birga.

Soʻng dehqon bobomizga

Aytamiz goʻzal tilak.

 

Javohir AKROMOV

 

Varrak

Varrak sotib olibdi

Kecha doʻstim Dilnoza.

Bugun esa miriqib,

Uchirdim uni rosa.

Boqaman samolarga,

Tip-tiniq. Toʻymas koʻzim.

Goʻyoki varrak emas,

Uchdim osmonda oʻzim.

 

Zafar MAMARAJABOV

 

 

Gullar

Doim yashnab turadi,

Bogʻimizdagi gullar.

Chunki ekkan ularni

Mehnatkash oltin qoʻllar.

Chiroyiga termulib,

Uzolmaysiz koʻzingiz.

Yaratib koʻring shunday

Moʻjizani oʻzingiz.

 

Marjona UZOQBOYEVA

 

 

Olapar

Tishi ogʻrib Olapar

Lunjin bogʻlab olibdi.

Buni koʻrgan Olamosh,

Hayratda lol qolibdi:

– Doʻstginam, bu nima hol,

Yotibsan boʻlib behol?

– Nafsimdan chiqqan ishim,

Azob bermoqda tishim.

Ogʻrib, qimirlayapti,

Tanam jimirlayapti.

Endi suyak shimmayman,

Sogʻligʻimni oʻylayman.

 

Sarvinoz OMONOVA

 

 

Rahmat dehqon bobomga

Poliz boʻlsa ham olis

Jazirama yoz, kuzda.

Dehqon boboga yordam

Bersak juda ham soz-da!

Kuzda yigʻib olamiz

Tarvuz, qovun barchasin.

Omborlarni toʻldirgan

Dehqon bobom yashasin.

 

Ozodbek ABDUHAMIDOV

 

 

Polizda

Palakni bosmasdan uz,

Pishdi Qoʻzivoy, tarvuz.

Dumaloq, taram-taram,

Yesang-chi, mazza biram.

 

Sabina HAMROQULOVA

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.