- Rukn: Sheʼrlar
- 1233 marta ko‘rilgan
Yangi yil shukuhi
Yurtim maydonlarida
Archalar koʻtardi qad.
Yangi yilning shukuhi
Kezar bilmayin sarhad.
Rang-barang chiroqlardan
Munchoq taqdi koʻchalar.
Diling yayrab ketadi,
Sayrga chiqqan kechalar.
Intilar saylgohga
Katta-kichik ushlab qoʻl.
Rastalarda sovgʻayu,
Shirinliklar moʻl-u koʻl.
Bayram bilan olqishlar
Baland, magʻrur archalar.
Oʻyinchoqlar egniga
Yarashibdi bunchalar.
Ertaklar shaharchasi
Yosh-qarini chorlaydi.
Yurakdagi orzular
Yulduzlardek porlaydi.
Moʻjizalar diyoriga
Aylangani rost erur.
Eshik chertar Yangi yil
Niyatlarim soz erur.
Zahro HASANOVA