Tabiat
Erta sahar uyqudan turib,
Nafasingni his etdim har vaqt.
Goʻzal ruxsoringni musaffo koʻrib,
Seni jonim dedim, jonim tabiat.
Koʻrkingga koʻrk qoʻshar daraxtlar, gullar,
Taʼrifing kuylashga ojiz bulbullar.
Mehringni sezgan chogʻ yayrar koʻngillar,
Seni jonim dedim, jonim tabiat.
Bagʻringda ulgʻayar borki tirik jon,
Ollohdan sen bizga eng ulugʻ inʼom.
Seni eʼzozlasin farzanding – inson,
Seni jonim dedim, jonim tabiat.
Madinabonu YOʻLDOSHEVA,
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi
maktab-internati, 10-sinf