Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Kitob bilan yoz-u qish

Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 44-maktabda taniqli bolalar shoiri – tabiat kuychisi Raim Farhodiy bilan boʻlgan ijodiy uchrashuv har doimgidan oʻzgacha kayfiyatda oʻtdi. Bu haqda shoirning taassurotlariga quloq tutamiz:

– Yogʻib oʻtgan birinchi qordan soʻng maktab zali va yoʻlaklaridagi gullar menga bahor tarovatini eslatdi. Goʻyoki oʻsimliklar galereyasi edi ular. Gullar orasiga oʻrnatilgan oqqush jonli boʻlmasa-da, goʻyo mehmonlarni qarshilayotgandek. 4-5-sinf oʻquvchilarini ijodiy uchrashuvga tayyorlagan oʻqituvchi Romanova Anjela Dmitrevna oʻquvchilar bilan tabiat haqidagi suhbatimizning nihoyatda samimiy, koʻtarinki ruhda oʻtishiga yaqindan koʻmaklashdi. Bolalar zaldagi katta monitor orqali Buyuk ipak yoʻliga sayohat qilishdi. Tariximizning turli bekatlarida toʻxtab, buyuk allomalarimiz haqidagi hikoyalarga quloq tutishdi. Ularning sheʼr va gʻazallaridan yoddan aytib berishdi. Biz oʻquvchilar bilan topishmoqlar topdik, birgalikda kuyladik. Uchrashuv soʻngida esa yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan bolalar “Kim qanday tush koʻradi?” savoliga yozma ravishda javob berishdi. Eng yaxshi javoblar “Buloqcha” va “Rodnichok” jurnallarida chop etiladigan boʻldi.

Gulxanjon

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.