Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Zakovat zavollari

1. Uning hozirgacha 1500 xil koʻrinishi aniqlangan. Sibirda undan pul oʻrnida foydalanishgani haqida maʼlumotlar bor. Raqamlarga qiziquvchilarning fikriga koʻra, bir soniyada undan 2 millionga yaqin odam “foydalanar” – isteʼmol qilar ekan! Osiyoning bir mamlakatida boʻlib oʻtgan auksionda 100 grammi 68 ming dollarga baholangan ekan.

Savol: agar siz gap nima haqida borayotganini topgan boʻlsangiz bir oʻzbek badiiy filmidan birida undan “foydalanishlarini” kesatib aytgan iborani ayting!

 

2. Qozoq xalq maqoliga koʻra, birinchi boylik bu sogʻlik, ikkinchi boylik – oila, uchinchi boylik esa aynan “u” dir. Savol: Uchinchi boylik nima?

 

3. Chexovning aynan u nomli hikoyasi bor. Jyul Vern oʻzining bir romanida uning amerikancha turi haqida maʼlumot bergan. Uning ilk koʻrinishini ritsarlar ijrosida koʻrish mumkin. Agar sizlar gap nima haqida borayotganini topgan boʻlsangiz, uning eng mashhuri Oʻzbekistonning qayerida boʻlib oʻtganini ayting.

 

4. Uning taxallusi u bilan yovuz hazil qilgan desak adashmaymiz. Bosqinchilar madaniyatini yuqori baholab, undan oʻrnak olishga chaqirgan bu inson haqidagi maʼlumotlarda koʻp narsa noaniq boʻlib qolmoqda. Jumladan, u aynan qanday sabab bilan Vatanini tark etgani haligacha nomaʼlum. Baʼzi taxminlarga koʻra, u josuslik vazifasini oʻtash uchun chet elga joʻnatilgan. Adabiyot darslarida olgan bilimlaringizni eslagan holda, uning eng mashhur murojaati kimga qaratilganini ayting.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.