Yurtim madhi
Yurtim, quchogʻingda unib, oʻsaman,
Yayrayman, yashnayman, shodon kulaman.
Aʼlo baholarga oʻqib albatta,
Koringga yarovchi farzand boʻlaman.
Shunda men oʻzbekning qiziman, deyman,
Toʻmaris momomning iziman deyman.
Jahon maydonida noming ulugʻlab,
Ozod yurtning erka soʻziman, deyman.
Robiya PARDAYEVA,
Toshkent viloyati Chirchiq shahri
25-maktab 5-sinf