Ulugʻimsan
Shoirlar madhida dostonim,
Kunday goʻzal, aziz boʻstonim.
Istiqloldan yashnagan diyor,
Ona yurtim, Oʻzbekistonim.
Ulugʻlardan ulugʻ Vatanim,
Men eʼzozlab, suyar chamanim.
Ozod yurtim, keng, obod yurtim,
Sen – muqaddas, tengsiz maskanim.
Quchogʻingda qilyapmiz ijod,
Ilmsevar, barkamol avlod.
Odimlaymiz doim ilgari,
Ajdodlarning ruhin etib shod.
Asilbek BOLTAYEV,
Samarqand viloyati Urgut tumani
61-maktab 8-sinf