Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Doʻstimga aylangan asar

Oʻtgan yili 5-sinfda oʻqiyotganimda adabiyot fani ustozimiz Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonidan parcha yodlab kelishni topshirdilar.

Men dostonni takror-takror oʻqidim. Bir vaqt qarasam, shunday katta ertak-dostonni hammasini yodlab olibman. Ertak juda ravon, sodda tilda yozilgani uchunmi, maʼnosini ham osongina angladim. Otasi qullar sardori keksa Darhon ozodlik uchun kurashib halok boʻladi. Uning goʻzal qizi Oygul otasi orzusini amalga oshirish uchun jangga kiradi. Bu yoʻlda juda koʻp qiyinchiliklarga duch keladi. U barcha qiyinchiliklarni mardonavor yengib, olgʻa bordi. Shohona yashash imkoniyatidan voz keshadi. Astoydil harakat qilib oʻz maqsadiga erishadi. Xalqi ozod, farovon yashovchi Susambil davlatini barpo etdi. Oygul obrazi biz yoshlarga sabr-matonatli, zukko, bilimli, Vatanga sodiq boʻlishni oʻrgatadi. Bugun boylik ketidan quvib, oilasiga, Vataniga xiyonat qilayotgan ayrim kimsalar “Oygul bilan Baxtiyor” dostonini oʻqiganlarida ushbu yoʻldan qaytsalar, ne ajab.

Men Oyguldek sabrli, jasoratli, vafodor insonlar oldida bosh egaman.

 

Kumushoy TOLIBOVA,

Buxoro viloyati Buxoro tumani

23-maktab 6-sinf

 

Tahririyatdan:

Aziz tengdoshim! Esingizda boʻlsa, yil boshida “Yosh jurnalist” tanlovini eʼlon qilgan edik. Shu kungacha tanlov uchun yozilgan koʻplab maktublar oldik. Ularni saralab, jurnal sahifalarida eʼlon qildik.

“Men ham joʻnatmoqchi edim”, deysizmi! Unday boʻlsa imkoniyatni boy bermang. Tanlov uchun ijod namunalari qabul qilish dekabr oyi oxirigacha davom etadi.

Shartlar juda oddiy:

1. Doʻstimga aylangan asar.

2. Tabiatning bir boʻlagimiz.

3. Kelajak – mening tasavvurimda.

Yuqoridagi mavzulardan birini tanlab kuzatish va mulohazalaringiz asosida badia, lavha, maqola yozib tahririyatimizga yoki +99897274-30-98 raqamiga yuboring. Maktublaringizni kutib qolamiz!

Unutmang, gʻolib aynan siz boʻlishingiz mumkin!

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.