Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Diqqat, tanlov!

“Gulxan”ga doʻst boʻlganlar, ijod zavqin tuyganlar, eshitmadim demanglar! “Oʻzbekiston pochtasi” AJ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan Respublika miqyosida 2020-yil 15-yanvardan 20-martgacha “Yil fasllari” mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkaziladi.

Tanlovda 8 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar ishtirok etadilar. Ijodiy ishlar A4 (295x210mm) shaklidagi oq vatman qogʻozga guash yoki akvarelda bajarilgan boʻlishi lozim. Ammo, yorqin fluorensentsiya boʻyoqlaridan foydalanmaslik kerak.

Tanlov natijalariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Badiiy kengashi 4 ta eng yaxshi rasmni aniqlaydi. Tanlangan rasmlar asosida “Dunyo bolalar nigohida” maxsus pochta markalari turkumi chop etiladi.

Ijodiy ishlar ushbu manzilga joʻnatiladi:

Toshkent shahri, 100011, A. Navoiy koʻchasi, 28-V uy, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ “Oʻzbekiston markazi” filiali, “Tanlovga” deb koʻrsatilishi shart. Telefonlar: 244-39-36,244-70-55. Pochta orqali joʻnatilgan ijodiy ishlar sanasi kalendar tamgʻasi boʻyicha aniqlanadi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.