Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Topishmoqlar

Qattiq, yumshoqdir jismim,

Xatoni oʻchirgum jim.

Eng yaqin doʻstim chizgʻich,

Meni derlar...

 

Gullari mayda-mayda,

Boʻyogʻi siyoh rangda.

Sogʻintirib xush atrin,

Ochiladi...

 

Osmon uning otasi,

Bulutlar-chi onasi.

Kuz, bahorda joʻshadi,

Uning shoʻx ashulasi.

 

Yogʻib qolsa qor, yomgʻir,

Izlab qolasiz zir-zir.

Usti-boshingiz omon,

Uning nomi...

 

Yugurib yetolmaysiz,

Bir zum toʻxtatolmaysiz.

Kim mazmunli oʻtkazar,

Kim behuda-yu bekor.

 

Baliq emas suzadi,

Bogʻ-dalani kezadi.

Chuvalchang, qurt-qumursqa

Boʻlar unga ozuqa.

Zahro Hasanova

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.