Tuxumli o‘rama
Zarur masalliqlar: 3 ta tuxum, 1 bo‘lak pishloq, 1 dona pomidor, 2 osh qoshiq sut, bir chimdim tuz, yog‘.
Tayyorlanishi: Idishga tuxumlar chaqilib ozgina ko‘pirtiriladi. Tuz va sutdan solib bir xil massa tayyorlanadi. O‘rta olovda, qizigan tovaga ozgina yog‘ solib tuxumli massadan bir cho‘mich quyiladi. Uning ustiga ozgina qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq, 1 bo‘lak pomidor qo‘yiladi. Har bir o‘ralgan tuxumli massaga shunday solinadi. Tuxum usti pishgandan so‘ng uning markazigacha o‘raladi. Qolgan qismiga yana tuxumli massa quyib ulanadi va o‘rashda davom etiladi. Shu tariqa tuxumli o‘rama pishirib olinadi. Tayyor bo‘lgan o‘ramani bo‘laklarga bo‘linadi.