Uch qarich til, bahaybat baqa va uyquchi yalqov
- Dunyodagi eng katta yong‘oq Seyshel orolida o‘sadi. 1 dona yong‘oq 13-25 kilogrammgacha tosh bosadi.
- Dunyodagi eng kichik gul volffiyaning diametri 1 millimetr, ya’ni taxminan to‘g‘nog‘ichning uchiday keladi.
- Dunyoda eng katta hisoblangan kitsimon akulaning uzunligi 12-20 metrni, og‘irligi 15-20 tonnani tashkil etadi. Eng mitti tikanli akulaning uzunligi esa 40-45 santimetr.
- Dunyoda eng ko‘p elektr toki ishlab chiqaradigan hayvonlar tropik dengizlarda uchraydigan skatlar ekan. Ularning 70 Vatt kuchlanishli elektr zaryadi hosil qila oladigan a’zosi bor.
- Dunyodagi eng tez suzuvchi qush pingvindir. Bu ajoyib qush soatiga 36 kilometr tezlik bilan suza oladi.
- Dunyoda eng zaharli sanalgan yo‘lbars ilon Tasmaniyada yashaydi. Bitta yo‘lbars ilonning zahari 400 kishini o‘ldirishga yetar ekan.
- Dunyodagi eng katta ari yapon qovoqarisidir. Uning uzunligi 7 santimetr. Bu ari dahshatli jag‘lari yordamida o‘zidan ikki barobar katta hasharot tanasini ham kesib tashlaydi.
- Dunyoda eng tez o‘sadigan o‘simlik bambuk. U bir kecha-kunduzda 90 santimetrgacha bo‘y cho‘zadi.
- Dunyodagi eng tili uzun hayvon jirafadir. Tilining uzunligi salkam yarim metr ekan. Shu sabab ham u o‘z quloqlarini tili bilan tozalay olarkan.
- Dunyodagi eng katta kaltakesak Komod va Flores orollarida yashaydigan komod echkemari bo‘lib, uzunligi 3,66 metr, og‘irligi esa 160 kilogramm keladi.
- Dunyodagi eng katta baqa G‘arbiy Amerikada, Kamerun va Angolada yashovchi goliaf baqa (Rana goliath)si bo‘lib, uzunligi 76 santimetr, boshi 33 santimetr, oyoqlarining uzunligi 44,5 santimetr, og‘irligi esa 5 kilogramm ekan.
- Dunyodagi eng tez uchuvchi hasharot ninachi hisoblanadi. Ninachi harakatining tezligi soatiga 57 kilometrga yetadi.
- Tuyaqush tuxumini qaynatish uchun 4 soat vaqt kerak bo‘ladi.
- Yalqov (hayvon) umrining 75 foizini uyquda o‘tkazadi.
- Eng uzoq vaqt suvsiz yura oladigan jonzot – kalamush.
- Shimpanzelar o‘zini ko‘zguda taniy oladigan yagona hayvon hisoblanadi.
- Timsohlar suv ostiga chuqurroq sho‘ng‘ish uchun og‘ir toshlarni yutib yuborar ekan.
Internet manbalari asosida H. Shomirzayeva tayyorladi.