Diqqat: marafon
Qadrli tengdoshlar, O‘zingiz o‘qigan kitoblardagi eng durdona fikrlarni do‘stlaringiz bilan ulashishni istaysizmi? Unday bo‘lsa marafonimizga qo‘shiling. Yaxshi ko‘rgan kitoblaringizdagi iqtiboslarni @GulxanBolajon telegram manziliga yuboring. Eng faol kitobxonlarimiz uchun ajoyib sovg‘alarimiz bor. Tayyor bo‘lsangiz, qani boshladik!!!
Nasl-nasab bilan maqtanish zaiflik belgisidir! O‘zining ilkidan yaxshi ish kelmaydiganlar mudom nasl-nasablari bilan kerilurlar. (“Yulduzli tunlar”. Primqul Qodirov)
Hammaga birdek yoqishning iloji yo‘q, agar hamma sizni yoqtirsa, bilingki, sizda nuqson bor. (Paulo Koelo)
Hayotdagi muvaffaqiyatsizligingning eng muhim sababi, barchaning diqqat markazidaman, hamma men bilan mashg‘ul, deb o‘ylashingdir. Ishon menga, sen hech kimni qiziqtirmaysan. (Fyodor Dostoyevskiy)
Aslida zaminimiz mo‘minlarga meros qolishi kerak edi. Lekin baxtga qarshi u texnikaga mukkasidan ketgan, o‘z qalbiga emas, ekranlarga boqishni afzal ko‘ruvchi yoshlarga qoldi. (“Ibtido”. Den Braun)
Bahs – bu ham aslida ilm o‘rganishning bir yo‘li. Biroq unga ortiqcha hirs qo‘yish yaramaydi. Chunki bahsga ortiqcha hirs qo‘yishdan mag‘rurlik, maqtanchoqlik, xusumat, yolg‘onchilik, hatto, arzimagan narsadan janjal chiqarish va birovga musht ko‘tarish kabi yomon illatlar tug‘iladi. (Abay)