Aziz kashfiyotchi
Shirin so‘zlariga mehr qorishiq,
Nigohlari oftob nurini emgan.
Hayot yo‘llariga shoirlar oshiq,
U faqat biz uchun dunyoga kelgan.
Titroq lablariga yo‘lovchi kulgu,
Zahmat yelkasiga mingashib olgan.
Yaxshilikdan to‘lib yashaydi mangu,
U ikkinchi ona nomini olgan.
Ko‘kdagi yettinchi farishta bo‘lib,
Kechikib kirsak-da, kechirgani rost.
Hatto butun sinf bilimga to‘lib,
Bilim ulashgani daholarga xos.
U mening chindan ham ikkinchi onam,
Qalbi muhabbatga to‘la limmo-lim.
Meni ijodkor deb, kashf etgan odam,
Aziz kashfiyotchim – ustoz, muallim!
Umida SATTOROVA,
Navoiy viloyati Xatirchi tumani
Qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji o‘quvchisi, “Nihon” to‘garagi a’zosi